calendar 16 May 13:23
eye 41
comments 0
comments Manba: xs

Namangan Xalqaro festival mehmonlarini 30 million tup gul va chechaklar bilan kutib oladi

image

Foto: «Xalq so‘zi»

Bugun Namangan an’anaviy xalqaro gullar festivali bo‘sag‘asida. Ko‘hna va navqiron kent oltmish ikkinchi bor o‘tkaziladigan navbatdagi anjuman arafasida har qachongidan ko‘proq orolangan, gulu chechaklar bilan bezangan ko‘cha va xiyobonlardan tortib xonadonlargacha bayram nafasi ufuradi.Viloyat ahli mahalliy qadriyatlarning ajralmas bo‘lagiga aylangan festivalga katta tayyorgarlik bilan keldi. Bu gal gullar sayli bir oy davom etadi.

Nafosat va go‘zallik ishqibozlarini mudom o‘ziga chorlab turadigan ardoqli bayram yillar davomida takomil topib, mazmun-mohiyati jihatidan madaniy-ma’naviy hayotning betakror ko‘rinishlaridan biriga aylangani keyingi yillarda o‘tkazilayotgan tadbiru tomoshalarda baralla namoyon bo‘lmoqda. Buni, masalan, unga tashrif buyurayotganlar qamrovi kengayib, birgina o‘tgan yilgi sayllarga ikki million 300 mingdan ziyod kishi mehmon bo‘lib kelganidan bilib olish qiyin emas. Joriy yilning 21 may sanasidan boshlanadigan festivalda esa qariyb 4,5 million inson jozibali manzaralar, rang-barang dasturlardan bahramand bo‘lishi kutilmoqda.

Bayram kunlari Namanganga talpinadigan orzumandlar eng avvalo bu yerda yaratilgan yashil tabiat, sanog‘i yo‘q gulzorlardan bemisl nashida olishlari haqiqat. Shundan kelib chiqib, festivalning asosiy manzillari-viloyat markazidagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘i hamda “Afsonalar vodiysi” tematik parki, shuningdek, shahar ko‘cha va xiyobonlariga 30 million tupdan ko‘proq 53 turdagi gul ko‘chatlari, manzarali butalar o‘tqazildi. Ayniqsa, joylarda 40 dan ortiq turdagi 500 ming tupga yaqin xushbo‘y ko‘chatlar ekilishi bilan diltortar ifor taratuvchi atirgulzorlar yana Namanganga qaytdi. Bayram kayfiyati shaharga chor tarafdan kirib kelinadigan ko‘chalar, ayniqsa, mintaqaning havo darvozasi hisoblangan Namangan xalqaro aeroportidayoq ko‘zga tashlanadi. 

- Bobur bog‘ining o‘zida 70 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasa bog‘bonlari tomonidan bir-birini takrorlamaydigan kompozisiyali gulzorlar yaratildi, - deydi viloyat gulchilar assosiasiyasi raisi Obidxon Qodirov. – Masalan, tumanlarning vakillari bunga hududning o‘ziga hos qirralari, salohiyatidan kelib chiqib yondoshishgan. Norinliklar ikki daryo oralig‘i ko‘rinishini shakllantirishgan bo‘lsa, To‘raqo‘rg‘onga ajratilgan maydonda giloszor bog‘lar hamda ot sporti aksi, Mingbuloq poliz mahsulotlari, Uchqo‘rg‘on sanoat sohasidagi yutuqlari aks etgan manzaralari bilan kishini jalb etadi. Kompozisiyalarni yaratishda mahalliy gullar bilan bir qatorda xorijdan keltirilgan va yurtimiz uchun yangilik bo‘lgan ko‘chatlarni o‘tqazishga ham alohida ahamiyat qaratildi. Bundan tashqari bog‘ atrofida ajratilgan maydonda gullar sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. Unda mingga yaqin professional va havaskor gulchilar qatnashish istagini bildirgan bo‘lib, hozirdanoq ko‘rgazmalarini tashkil etmoqdalar.

An’anaviy festival kun tartibi bu yil turfa yo‘nalishdagi madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar dasturlar, ko‘plab shou tomoshalari, boshqa jalb etuvchi tadbirlar bilan boyitilgan. “Afsonalar bog‘i”da kun ora namoyish etiladigan gala konsertlar, lazer shou, mushakbozlik dam oluvchilarni o‘ziga chorlasa, O‘zbek milliy simfonik orkestrining ochiq osmon ostidagi chiqishlari, “Farg‘ona vodiysi modalar haftaligi” hamda IT bo‘yicha xalqaro forum, xunarmandlar yarmarkasi, “O‘zbek palov madaniyati” oshpazlar chempionati, askiya kechasi, xalqaro etnosport festivali, sirk ustalari va animatorlarning ajoyib tomoshalari anjumanga kelgan har bir kishiga shukuhli lahzalarni taqdim etishi shubhasiz.

 Festival dovrug‘i yurtdan-yurtga ko‘chmoqda,-deydi Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov. – Buni, jumladan, unda bir qator xorijiy davlatlar vakillarining nafaqat tomoshabin bo‘lib emas, balki, o‘z ko‘rgazma va badiiy dasturlari bilan ishtirok etish istagini bildirayotganlari ham tasdiqlaydi. Masalan, ozarbayjonlik jahon estradasi yulduzlari - Talib Tale va Zaynab Hasaniylarning anjumanda mahsus konsert dasturi bilan qatnashish uchun tashrifi namanganliklar va festivalning boshqa mehmonlari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ladi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Mashhur xonandalarning muhlislari hozirdanoq konsert chiptalarini ishtiyoq bilan sotib olmoqdalar. Bundan tashqari joriy yilgi tadbirga xalqaro gulchilar uyushmalari va yirik gulchilik tashkilotlarini jalb etish hamda ularning o‘z namoyishlari bilan ishtiroklarini ta’minlash maqsadida, 15 ta davlatga, jumladan, “Azerbaijan Flower Producers”, “Korea Flower Association”, “Royal Union of Belgian Florists” singari kompaniyalarga taklif yuborgan edik. Ularning vakillari bugun-erta Namanganga yetib kelishadi.

Xalqaro gullar festivali nafaqat madaniy-ma’rifiy tadbir, balki, istiqbolli biznes loyihasi sifatida Namangan viloyati iqtisodiyoti, hususan, turizm salohiyatini rivojlantirishga munosib ulush qo‘shayotganini ham aytib o‘tish o‘rinlidir. Buni,masalan, bulturgi tadbirlar chog‘ida sayyohlik xizmatlari eksporti 18 million AQSH dollaridan, umumiy daromad esa 500 milliard so‘mdan ortganida ko‘rish mumkin. Endilikda bir oy davom etadigan tadbirlarda ushbu ko‘rsatkichlarni mos ravishda 90 million AQSH dollari va 1,2 trillion so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari hududda yaratilayotgan qulay soha infratuzilmasi ichki va tashqi turizmning yangi imkoniyatlarini yuzaga keltirishi bilan muhim ahamiyatga ega. Birgina misol, oldingi yili viloyatga tashrif buyurgan turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun 2000 nafardan ortiq joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari, taksi xizmati, gid-tarjimonlar va boshqa turistik xizmat vakillari jalb etilgan bo‘lsa bu yil xizmatchilarning soni 4000 nafardan ortadi. 

Bundan tashqari xorijiy turistlarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ikki oliy ta’lim muassasasi hamda Namangan Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumining turizm sohasida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalaridan iborat 150 nafar volontyorlar guruhi shakllantirildi. 22 ta mehmonxona va 54 mehmon uyi bir paytning o‘zida 8891 kishini qabul qilishga tayyorlab qo‘yildi.

Shunday qilib Namangan tabiatga, gulga mehr qo‘ygan nafosat oshuftalarini viloyat ahliga monand ochiq yuz va tavoze bilan kutib olmoqda. Ayni kunlarda bu yerdagi yo‘llarning barchasi festival manzillari bilan tutashgan. Katta saylga keling, birodar. Yakshanba kuni gullar bilan bezatilgan avtomashinalar karvoni boshlab beradigan anjuman sizni orombaxsh tomoshalarga chorlaydi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
17
0
qalampir.uz

Ispaniya Bosh vaziri dunyo hamjamiyatini Falastinni tan olishga chaqirdi

Ispaniya Falastin davlatini tan olishga tayyor, ammo xalqaro hamjamiyat Falastinning mavjudligini tan olmay turib, unga yordam bera olmaydi. Bu haqda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi. Sanches Madrid yozgacha Falastinni tan olishini aytdi va bunday qadam zarurligini ta’kidladi. Ispaniya Vazirlar Mahkamasi rahbari G‘azo sektorida “asrning eng ayanchli insonparvarlik fojialaridan biri” ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi. &ldquo

11 Apr 14:01
 
19
0
xs.uz

Suv toshqinlari tufayli Qozogʻistonning bir qator hududlarida favqulodda holat eʼlon qilindi

Qozogʻistonda yuz bergan suv toshqinlari tufayli mamlakatning Aqtoʻbe, Qoʻstanay, Gʻarbiy Qozogʻiston, Ulitau, Aqmola, Qaragʻanda, Atirau, Pavlodar va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida favqulodda holat qayd etilgan.Bundan tashqari, mamlakatning 7 ta shahrida: Aqtoʻbe, Uralsk, Qoʻstanay, Arkaliq, Koʻkshetau, Temirtau va Petropavlovskda favqulodda holat saqlanib turibdi.Eslatib oʻtamiz, 6-aprel kuni davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev Qozogʻiston xalqiga toshqin tufayli yuzaga kelgan

07 Mar 20:08
 
61
0
qalampir.uz

Tramp va Bayden deyarli barcha praymerizlarda g‘alaba qozondi

Kecha, 5 mart kuni AQSHning 15 shtati va bir orol hududida Demokratlar va Respublikachilar partiyalarining praymerizlarida AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden va mamlakatning sobiq rahbari Donald Tramp deyarli barcha ovozlarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. Shunday qilib, Tramp 13 shtatda, jumladan Kaliforniya va Texasda bo‘lib o‘tgan ichki partiyaviy saylovlarda g‘alaba qozondi va nihoyat raqibi Nikki Xeylini mag‘lub etdi. Alyaskadagi ovoz b

07 Mar 22:05
 
36
0
qalampir.uz

G‘arb Shimoliy Kavkazda urush chiqarmoqchi – Rossiya 

AQSH va uning ittifoqchilari provokatsiyalar va dezinformatsiyalar yordamida Shimoliy Kavkazda separatistik jarayonlarni boshlashga urinyapti. Bu haqda TASS ma’lum qildi. Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari hududda vaziyatni beqarorlashtirish uchun axborot xuruji va psixologik ta’sir texnologiyalaridan foydalanmoqda. “AQSH va uning ittifoqchilari bizni zaiflashtirish, vaziyatni beqarorlashtiri