calendar 14 Apr 15:20
eye 59
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻladi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari va istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti davlatlararo koʻp tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi nufuzli xalqaro tuzilmadir. Dunyo savdosining 95 foizi unga aʼzo 164 ta mamlakat hissasiga toʻgʻri keladi.

Tashkilotning asosiy vazifasi – erkin va shaffof savdo munosabatlarini tartibga solish va uni kengaytirish orqali aʼzo mamlakatlar barqaror taraqqiyotini taʼminlash va insonlar turmushini yaxshilash hisoblanadi. Bu Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadiga toʻliq mos keladi.

Ilgari mamlakatimiz eksportning yarmi paxta tolasiga toʻgʻri kelardi. Uning eksportidan toʻliq voz kechilgandan keyin, tayyor kiyim-kechak eksporti 4 baravar koʻpaydi. Oʻtgan yil natijalariga koʻra, toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 3 milliard 300 ming dollarni tashkil etdi. 2021-yilda Oʻzbekiston GSP+ tizimiga qoʻshilgani natijasida Yevropa bozoriga tayyor mahsulot eksporti 1,5 baravar oshdi.

Tashqi savdoda tayyor mahsulot eksportini koʻpaytirishda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yanada keng imkoniyatlar ochadi. Shu bois Oʻzbekiston 2019-yildan bu xalqaro tuzilmaga aʼzolik jarayonini yangidan boshlagan edi. Oʻtgan davrda bu maqsad sari dadil qadamlar qoʻyildi.

Yigʻilishda davlatimiz rahbari Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish shartligini taʼkidlab, buning iqtisodiy ahamiyatiga toʻxtaldi.

– Kelgusi uch yilda tayyor mahsulot eksportini 2 baravar oshirish reja qilganmiz. Bunga erishishning birdan bir yoʻli – Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish. Bu 164 ta davlat bilan adolatli savdo tizimini yoʻlga qoʻyish va barqaror bozorlarni yaratish imkonini beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz oʻtgan yilgi Murojaatnomasida bu jarayonni jadallashtirish haqida aytgan edi. Shu maqsadda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo 50 dan ziyod davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borildi. Bu jarayon boʻyicha joriy yilning mart oyida Jahon savdo tashkilotida ishchi guruhning oltinchi yigʻilishi oʻtkazildi.

Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda aʼzo davlatlar tomonidan koʻtarilgan masalalar muhokama qilindi.

Jahon savdo tashkilotining bitimlaridan kelib chiqib, milliy qonunchilikni unga uygʻunlashtirish, tartib va standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Buning uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilib, ishchi guruhlarni shakllantirish, barcha vazirliklar va elchixonalar bilan tizimli ishlash zarurligi taʼkidlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
66
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo

16 Apr 15:12
 
37
0
xs.uz

Uchqoʻrgʻon osmonida zamonaviy havo shari

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Uchqoʻrgʻon tumanida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Norin daryosi yoqasida joylashgan ushbu hududning xushmanzara maskanlari va soʻlim tabiati bu yerda ekosayyohlikning katta imkoniyatlarini yaratgan. 2500 gektar maydondagi qulupnayzorlar, 30 sotix yerdagi golubika paykali, katta havzalarda parvarishlanayotgan forel baliqlarini tomosha qilish kishiga ajoyib his-tuygʻularni baxsh etadi.Yaqinda yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor Akramjon Rahi

18 Apr 11:07
 
36
0
xs.uz

Prezident Buloqboshida mahalliy mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi

Mamlakatimizda xomashyoni qayta ishlab, qo'shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur korxona ham mato to'qish, bo'yash va tayyor trikotaj ishlab chiqarish yo'nalishidagi yirik loyihalardan biri.Bu yerda yiliga 4 million 200 dona, 50 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.''Mingga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlangan.''Xodimlar malakasini oshirish ham e'tiborda. Buning uchun dizaynerlik markazi tashkil etilgan.Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan ilg'or uskunalar ish unumdorl

14 Apr 06:18
 
34
0
xs.uz

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi

Maʻlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Boboyev Faxriddin Atoyevich Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.Faxriddin Boboyev Vazirlar Mahkamasi mutaxassisi, 'Oʻzcharmsanoat' uyushmasi raisi va boshqa bir qator masʼul vazifalarda ishlagan.