calendar 11 Mar 10:20
eye 50
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston va BAA Prezidentlari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari BAA Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik va baxt-saodat, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, ushbu mamlakatning doʻst xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Suhbatda koʻp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, innovatsiya va yuksak texnologiyalar, «yashil» energetika, qishloq xoʻjaligi, logistika va transport sohalaridagi aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston-BAA munosabatlarida jadal rivojlanish kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yili oʻzaro savdo hajmi ikki barobarga koʻpaydi. Oʻzbekistonda 240 ta qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda, loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshdi.

Neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati, infratuzilmani rivojlantirish sohalarida, togʻ-kon va metallurgiya tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish hamda moliyaviy-texnik hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va BAA yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland