
Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimizning barcha joylarida boʻlgani kabi Samarqand viloyatida ham Xalqaro xotin-qizlar kuni koʻtarinki ruhda nishonlanmoqda.
Viloyatda turli sohalarda mehnat qilib, jamiyat rivojiga hissa qoʻshayotgan, jamoatchilik oʻrtasida hurmat-eʼtibor qozongan faol xotin-qizlar, namunali oila bekalari, tabarruk onaxonlar jam boʻlgan asosiy bayram tadbirida ularga ehtirom koʻrsatildi.
Tadbirda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov soʻzga chiqib, bayram qatnashchilarini va ular timsolida barcha xotin-qizlarni bayram bilan qutlab, iliq tilaklarini bildirdi.
— Hayotimizni opa-singillarimizning oila va jamiyatdagi faol ishtirokisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Bugungi kunda viloyatdagi 1 ming 359 nafar xotin-qizlar turli tashkilot va muassasalarni boshqarib kelmoqda. Bundan tashqari sanoat, iqtisod, qishloq xoʻjaligi, savdo, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sanʼat va boshqa sohalarda besh ming nafarga yaqin fidoiy ayollar faoliyat koʻrsatyapti, — dedi viloyat rahbari. — Har yilgi anʼanaga koʻra, ushbu bayram arafasida davlatimiz rahbarining Farmoniga asosan viloyatning 6 nafar fidoiy xotin-qizlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bugun ularni yana bir bor samimiy muborakbod etamiz.
Bayram tadbirida bir guruh opa-singillarimizga «Moʻtabar ayol» koʻkrak nishoni topshirildi. Shuningdek, oʻz intilishi, isteʼdodi, insoniy fazilatlari bilan jamiyatda munosib oʻrniga ega boʻlgan xotin-qizlarning bir guruhiga viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
El ardogʻidagi sanʼatkorlarning chiqishlari davraga yanada fayz bagʻishladi.
Viloyatning barcha shahar va tumanlarida, mehnat jamoalarida Xalqaro xotin-qizlar kuni tantanalari davom etmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, «Xalq soʻzi».
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi
Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan
15-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga yaqin 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 26-28 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga yaqin biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikd
Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et
Toshkentda BYD va “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi
Toshkent shahri Yashnobod tumanida BYD va 'Lacetti' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt YHXB voqea yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida yuz bergan. Unda BYD hamda 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida 'Lacetti'ning 2 nafar yoʻlovchisi jabrlangan, ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.Hozirda holat yuzasidan Toshken