“Toshkent” aeroportida “Centrum Air” aviakompaniyasining yangi borti kutib olindi


Bugun, 4-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:25da “Centrum Air” milliy aviakompaniyasining beshinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi. Aviakompaniyaning havo parki 180 oʻringa moʻljallangan Airbus 320-200 samolyoti bilan toʻldirildi.
Aviakompaniya oʻz samolyotlari parkini koʻpaytirish va parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Xususan, 11-martdan 25-martgacha aviakompaniya yangi: Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Parvozlar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
“Centrum Air” — Oʻzbekistonning loukoster aviakompaniyasi boʻlib, u 2023-yil yanvar oyida yoʻlovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki 40 mln dollarlik grant shartnomasini tuzdi
Ushbu tadbir taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan boʻlib, uning ilk kunidayoq Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.Bundan tashqari, 'Global Partnership for Education''tomonidan ham taʼlim sohasini rivojlantirishga doir grant shartnomasi tuzildi. Loyiha Oʻzbekiston boʻylab 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi, maktablarni
Turkiyadagi oʻzbekistonliklardan mitinglar va provokatsion fikrlardan uzoqroq boʻlish soʻraldi
Turkiyada shu kunlarda boʻlayotgan turli norozilik namoyishlari va ommaviy yigʻilishlar sababli Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni'ehtiyotkorlikka chaqirdi.Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda 'provokatsion postlar' joylashtirgan 261 kishini aniqlagani va 37 kishini hibsga olgan.'Sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz', deyiladi konsulxona bayonotida.Xavfsizlikn
21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro
Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi
Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari