Oʻzbekistonda mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishda doimiy yashash joyi va nikoh guvohnomasi talab qilinmaydi


Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlangan.
Nizomning 5-bandiga koʻra, mehmonxona xizmatlari doimiy yashash joyi, fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qatʼiy nazar koʻrsatilishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.
Shuni taʼkidlash joizki, mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik subyektlari ichki tartib qoidalarini ishlab chiqishi lozim.
Ishlab chiqilgan ichki tartib qoidalari yuqoridagi Nizom talablariga zid boʻlmasligi kerak.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 389-son qarori bilan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga egasining shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi (6-band).
Shu munosabat bilan mehmonxonalar va boshqa joylashtirish obyektlari fuqarolik pasporti yoʻqligiga ishora qilib, yangi milliy haydovchilik guvohnomasi taqdim etilganda mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishni rad etishga haqli emas.
Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi
Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.
Andijonda transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi
Andijon viloyatida yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda aniqlanishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, 'Ayshaxonim' MFY hududidagi 9 ta xonadonning elekt
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel
Sirtqi taʼlim shakliga qabul butunlay yopiladi
Prezidentning tegishli farmoniga asosan, 2025/2026 oʻquv yilidan taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari boʻyicha qabul kvotalari oshiriladi.Ushbu oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda magistratura bosqichida muqobil taʼlim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorl