Rishton kulolchiligi Rossiyada elektron savdo platformalari orqali targʻib etiladi


Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilib oʻsgan Abbosbek Mamayev bir necha yillardan buyon Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida faoliyat yuritadi. Uning ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlikni targʻib etuvchi va katta auditoriyaga ega kanallari bor.
— Rishton tumani hokimligida boʻlib, kulollarimiz bilan samimiy suhbatlashdik, shu tariqa hamkorlikda ishlash boʻyicha yangi rejalar tuzdik, — deydi yosh tadbirkor Abbosbek Mamayev. — Shuningdek, “Mingboshi keramik” kulolchilik klasteri, «R+Koron» xususiy korxonasiga qarashli kulolchilik muzeyi faoliyati bilan tanishdim.
Oʻz navbatida «Chinor+” turistik majmuasi hamda paxta-toʻqimachilik klasteri - «Rusoʻzbekteks» xorijiy korxonasi tasarrufidagi yangi qurilayotgan toʻqimachilik fabrikasi boʻldim. Umuman olganda, Rishton tumanida faoliyat koʻrsatuvchi koʻplab tadbirkorlar bilan muloqot yangi-yangi gʻoyalarga, loyihalarga turtki berdi.
Xususan, istiqbolli hamkorlik kelishuvi asosida yaqin kunlardan boshlab Rishton kulolchiligi Abbosbek boshchiligida Rossiyadagi elektron savdo platformalari orqali keng targʻib etiladi. Bu mahalliy tadbirkorlarga eksport imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashishi bilan ahamiyatlidir.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar dunyoqarashini haligacha oʻzgartirmagan — Prezident
Joriy yilda Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga tashriflarda 39 milliard dollarlik 178 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi.Oʻtgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini maʼlum qildi.Shularni hisobga olib, 2025-yilda:Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga 8 milliard 600 million dollar investitsiya'keldi.'Lekin koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar 'investitsiya oʻzi boʻlaveradi', degan fikr bilan yuri
Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti rahbarini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.O'zbekistonning ushbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.Toni Bler Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va ko'lamini yuksak baholadi, ularni yanada ilgari surish doirasida zarur ekspert-maslahat ko'magini ko'rsatishga tayyorligini bil
Samarqandda noqonuniy qum qazib olgan korxona tabiatga 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazdi
Samarqand viloyatidagi Qoradaryo daryosi hududidan qum-shagʻal noqonuniy qazib olinishi oqibatida 2,7 mlrd soʻm zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, boshqarma tomonidan Narpay tumanidagi xususiy korxona faoliyati tekshirilgan. Nazorat tadbiri davomida Qoradaryo daryosi hududida ushbu korxona xodimlari tomonidan 1 ta ekskavator va 4 ta yuk mashinasi yordamida qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib ol
Matematika olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o'quvchi qizlar ishtirok etdi.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi qizlari ushbu olimpiadada ishtirok etib, 3 ta medalni qo'lga kiritdi.Jumladan, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Dildora Mahkamova ' kumush,Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Malika Xojamuratova bronza,Buxoro viloyati, Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan m