Oʻzbekiston va Rossiya olimlari hamkorligida Qurama tizmasidan fan uchun yangi tur kashf qilindi


Foto: Illustrativ foto
2018-yilda Qurama tizmasiga uyushtirilgan dala tadqiqotlarida terilgan gerbariy namunasi ustida olib borilgan morfologik hamda molekulyar tahlillar natijasi orqali fan uchun yangi tur ekanligi xulosa qilindi. Bu ilmiy yangilik haqidagi maqola nufuzli Phytotaxa jurnalida chop qilindi.
Bu yangi tur Joʻyakmeva (Aulacospermum) turkumi Ziradoshlar (Apiaceae) oilasiga mansub boʻlib, morfologik xususiyatiga koʻra, yaʼni poyasi turkumning qolgan turlariga nisbatan koʻp shoxlanganligi uchun Aulacospermum multicaule Pimenov & Tojibaev deb nomlandi.
A. multicaule turiga eng yaqin tur A. roseum Korovin boʻlib, koʻp (11 tagacha) shoxlangan poyalari, ildiz boʻgʻzida oʻtgan yildan qolgan qora rangli barg bandlarining boʻlishi hamda gultojbarglarining rangi bilan farqlanadi.
Aulacospermum multicaule Pimenov & Tojibaev turining morfologik tuzilishi.
A. gullari B. Soyaboni C. poya asosi
Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi
Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega
O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi
Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis
Maktab muammosiga homiylik yoʻli bilan yechim topildi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro tumanidagi sport zaliga ega boʻlmagan umumtaʼlim maktablari soni bittaga qisqardi. Navroʻz ayyomi kunlarida Arabxona mahallasida joylashgan 19-sonli maktabda zamonaviy sport inshooti qurilib foydalanishga topshirildi.Sportning basketbol, voleybol, kurash kabi ommabop turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradigan mazkur maskan tumandagi 'AKSA Enerji Bukhara' xorijiy korxonasi tomonidan barpo etildi. Shu tariqa maktab jamoasining koʻp yillik
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby