Baliqchilikni rivojlantirish maqsadida Xitoy, Vetnam, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Vengriya tajribalari asosida 1,1 trillion soʻmlik 289 ta loyiha joriy etildi


Foto: Arxiv surat
Bugun AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi raisi oʻrinbosari Maqsud Ostonov uyushma faoliyatining 2022-yildagi koʻrsatkichlari haqida maʼlumot berdi.
Oʻtgan 2022-yil davomida sohani rivojlantirish maqsadida bir qator yangi loyihalar ishga tushirildi. Xitoy, Vetnam, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Vengriya kabi davlatlar tajribalari asosida respublika miqyosida jami qiymati 1.1 trillion soʻm boʻlgan 289 ta loyihalar joriy etildi. 3 250 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Soha rivojini kompleks ravishda amalga oshirish maqsadida barcha yoʻnalishlarda sezilarli ishlar amalga oshirildi. Sohaga zamonaviy intensiv kichik havzalar, yopiq suv aylanma tizimi va qafas moslamalarida baliq yetishtirish texnologiyalarini joriy etish orqali intensivlashtirish ishlari jadal ravishda olib borildi.
Xususan, baliq lichinka va chavoqlarini yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi «Super baliqlar», Navoiy viloyatidagi «Goldin layk fish», Toshkent viloyatidagi «TST fish klaster» masʼuliyati cheklangan jamiyatlari kabi xoʻjaliklarda bir nechta yangi loyihalar ishga tushirildi.
Mavjud suv havzalaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida sohani intensivlashtirishda Xatirchi tumanida “Youkang Fish Breed”, Yangiyoʻl tumanida «Fish haus», Pop tumanida “Namangan baliq” hamda «Buloqli marinka baliqlari», Oltiariq tumanidagi «Fargʻonabaliq sanoat agro», Sharof Rashidov tumanidagi «Gold fish agro eksport», «Nodirxon fish farm» kabi bir qator baliqchilik xoʻjaliklarida intensivlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, yetishtirilayotgan qimmatbaho sovuq suv baliqlari hajmini koʻpaytirish maqsadida, quvvati 100 tonna boʻlgan «Milafshona», quvvati 200 tonna boʻlgan “Qandil parvozi fayz”, quvvati 400 tonna boʻlgan “Sharq baligʻi” hamda “Uchqoʻrgʻon forel” baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Mazkur yoʻnalishdagi ishlar Toshkent, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Fargʻona viloyatlarida jadallik bilan rivojlantirilib borilmoqda.
Baliq mahsulotlarini qayta ishlashni yanada rivojlantirish maqsadida, quvvati 4,4 ming tonna boʻlgan 7 ta baliqni qayta ishlash hamda quvvati 63,5 ming tonna boʻlgan 5 ta omuxta yem ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.
Shu bilan birga, aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish ishlari ham hududlardagi hokimiyatlar hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda tashkil etilmoqda. Oʻtgan yillar mobaynida respublika boʻyicha 2 ming 600 ta xonadonlarda intensiv usulda baliq yetishtirish ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Bugungi kunda Ulugʻnor, Andijon, Xatirchi, Karmana, Qiziltepa, Uchqoʻrgʻon, Boʻstonliq, Oʻrtachirchiq, Yangiyoʻl, Xiva hamda Qoʻshkoʻpir tumanlari sohada eng rivojlangan hududlar sirasiga kiradi.
Joriy yilda ham aholimiz dasturxoniga arzon va sifatli baliq va baliq mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida yangi loyihalarni ishga tushirish davom ettirilmoqda.
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi
Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha
Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi
Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo