Viloyatda bir yilda qancha ipoteka krediti berilgani maʻlum qilindi: Eng ko'p kredit ajratilgan hududlar Samarqand shahri, Past Darg'om va Urgut tumanlari

Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi o'tgan 2022 yilda Samarqand viloyatida tijorat banklari tomonidan 5 931 nafar fuqarolarga 1 178,9 mlrd. so'mlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Ushbu ajratilgan ipoteka krediti olganlarning 44 foizi, yaʻni 2 627 nafarini xotin-qizlar, 56 foizi — 3 304 nafarini erkaklar tashkil etadi. Shuningdek, 1 638 nafar yoshlarga 338,1 mlrd. so'm ipoteka kreditlari ajratilgan.
Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari qoldig'i 4,2 trln. so'mni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 6 barobarga oshgan.
• 5 164 nafar fuqarolarga birlamchi uylar sotib olish uchun 1 029,1 mlrd. so'm kredit mablag'lari ajratilgan;
• 767 nafar fuqarolarga ikkilamchi uylar sotib olish uchun 149,8 mlrd. so'm kredit mablag'lari ajratilgan.
Xususan, 2022 yilda ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag'lari 6,1 mlrd. so'm, bank o'z mablag'lari orqali 125,3 mlrd. so'm hamda Moliya vazirligi mablag'lari hisobidan 1 047,5 mlrd. so'm to'g'ri keladi.
Shuningdek, 2022 yilda tijorat banklari tomonidan 5 931 nafar fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlaridan 2 559 nafar fuqaroga ya'ni 628,0 mlrd. so'm subsidiya asosida ipoteka kreditlari ajratilgan.
Ipoteka kreditlari eng ko'p ajratilgan hududlar.
Samarqand shahri - 648,3 mlrd. so'm (2 762 nafar);
Pastdarg'om tumani - 85,8 mlrd. so'm (465 nafar);
Urgut tumani - 55,7 mlrd. so'm (304 nafar).
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O
“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan