calendar 12 Jan 17:21
eye 52
comments 0
comments Manba: xs

Oʻtgan yilda 606,3 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti qilindi

image

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov maʼlum qildi.

2022-yilda soha boʻyicha jami 600 mln dollar miqdorda qurilish materiallari va xizmatlarini eksport qilish rejalashtirilgan edi.

Oʻtgan 2022-yil yakuni boʻyicha olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra tarmoq korxonalari tomonidan 606,3 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 101 foizga bajarildi. Bu 2021-yilga nisbatan 138 foizni tashkil qildi yoki 168 mln dollarga koʻp qurilish materiali eksport qilindi.

Yuqoridagi eksport koʻrsatkichlarga 92 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 40 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 82 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 9 mln dollarlik sement, 44 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 38 mln dollarlik gulqogʻoz, 19 mln dollarlik tabiiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.

Eʼtiborli jihati, aksariyat qurilish materiallar boʻyicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga baʼzi turdagi qurilish materiallari eksportini 2021-yil shu davriga nisbatan bir necha barobarga oshirishga muvaffaq boʻlindi. Misol uchun, 2021-yilga nisbatan keramik plitkalar 1,4 barobarga, gulqogʻoz 2,4 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 1,3 barobarga, oyna mahsulotlari 1,3 barobarga koʻp eksport qilindi.

Joriy yilning oʻtgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi anʼanaviy hisoblangan bozorlar yaʼni Qozogʻiston, Rossiya Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmanistondan kabi davlatlardan tashqari, Tailand, Belgiya, Fidji, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bu qoʻshni respublikalar hisoblanib, ushbu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi qariyb 71 foizni tashkil etmoqda. Xususan, davlatlar kesimida koʻrib chiqadigan boʻlsak, Qozogʻistonga – 177 mln dollarlik, Qirgʻizistonga – 89 mln dollarlik, Tojikistonga – 65 mln dollarlik, Turkmanistonga – 21 mln dollarlik, Afgʻonistonga – 2 mln dollarlik, Rossiyaga – 63 mln dollarlik, Litvaga – 17 mln dollarlik, Turkiyaga – 9 mln dollarlik, Ukrainaga – 3 mln dollarlik, Ozarbayjonga – 8 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
279
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q

20 Mar 12:50
 
51
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

04 Apr 16:20
 
56
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold

21 Apr 08:34
 
372
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim