calendar 07 Jan 14:21
eye 51
comments 0
comments Manba: xs

Samarqandda 6 yillik ish staji yozib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

image

Foto: Illustrativ surat

Samarqandda Yevropa davlatlaridan biriga ishga ketmoqchi boʻlgan shaxsga 6 yillik ish staji yozib Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga  600 AQSH dolari soʻragan. Bu haqda viloyat viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 6-yanvar kuni huquqni muxofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Yevropa davlatlaridan biriga ketish niyatida yurganligini, biroq chetga chiqishi uchun ish staji yetmayotganligini aytadi. 

Murojaatchiga koʻra, 2022-yilning dekabr oyi oʻrtalarida Payariq tumani Tomoyrot mahallasida yashovchi, oʻzini “revizior” deb tanishtirgan “B.T.” ismli shaxs bilan tanishib qolgan. B.T. uning ishonchiga kirib, Payariq tumanidagi fermer xoʻjaliklardan biriga 2017-yildan boshlab ishga joylashganligi toʻgʻrisidagi soxta hujjatlarni tayyorlab, Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib, 6 yillik ish staji qilib berishini aytadi.

Shuningdek,  B.T.  murojaatchidan har bir yil uchun 100 AQSH dollaridan,  jami 600 AQSH dollari miqdoridagi pulni talab qilayotganini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Hozirda arizaga asosan, 6-yanvar kuni Samarqand viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Payariq tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi harbiy hisob yetakchi mutaxassisi B.T. ariza muallifidan 500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
55
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekistonhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 'Yangi O'zbekiston' bog'ida Navro'z umumxalq bayrami shodiyonasi bo'lib o'tdi. Unda davlatimiz rahbari nutq so'zlab, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.Tadbirni yoritishda ishtirok etgan 'Xalq so'zi' muxbiri fotoreportaj tayyorladi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

20 Mar 12:53
 
55
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

12 Apr 21:14
 
32
0
xs.uz

13-aprel kuni Oʻzbekiston aholisi qanday ob-havoga guvoh boʻladi?

'Oʻzgidromet' 13-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 27-29html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi