Qoidalarni mensimagan haydovchiga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi


2022-yil 31-dekabr kunidan 2023-yil 1-yanvar kuniga oʻtar kechasi soat 01:00 larda Samarqand shahrining “Xoʻja Ahror Valiy” koʻchasida “Mercedes-Benz” rusumli, 01L700OA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1987-yilda tugʻilgan R.A. atrofdagi fuqarolar eʼtiborini jalb etish maqsadida xavfli boʻlishiga qaramasdan turli manyovrlar bilan “drift”lar bajargan.
Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganligi yetmagandek, uni tartibga chaqirishga uringan xodimlarning ham qonuniy talablariga boʻysunmagan.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar bugun, 2023-yil 3-yanvar kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudi tomonidan oʻrganilib, fuqaro R.A.ning xatti-harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-, 194-modda 1-qism va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan
Sahro javohiri
1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t
“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig