calendar 26 Dec 15:31
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir

"Bayraktar" endi Ozarbayjonda ham ishlab chiqariladi

image
image

Turkiyaning "Bayraktar" dronlari ishlab chiqaruvchisi "Baykar Makina" Ozarbayjonda ham o'z faoliyatini boshladi. Bu haqda "Report" nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Davlat soliq xizmati tomonidan "Bayraktar Teчnology Azerbaijan" MChJ davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. 

Nashr yangi kompaniyaning ustav kapitali 1,7 million manatni tashkil etgani, qonuniy vakili Turkiyaning "Baykar Makina" kompaniyasi koordinatori Husayn Topuz bo'lgani haqida xabar bermoqda. 

Kompaniya Baku shahri, Narimanov tumani, Ahmad Rajabli ko'chasida joylashgan. 

"Baykar Makina" "Bayraktar" uchuvchisiz uchish vositalarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Ozarbayjon armiyasi tomonidan 2020 yilning 27 sentyabr kuni boshlanib, 44 kun davom etgan ikkinchi Qorabog' urushida keng qo'llanilgan ushbu dronlarning muallifi turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'anning kuyovi Selchuk Bayroqdor.

2000 yildan beri "Baykar Makina" samolyotsozlik sohasida, xususan, uchuvchisiz uchish apparatlarini yaratish va ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.

Kompaniya 2007 yilda Turkiyaning birinchi uchuvchisiz razvedkachi "Kale-Baykar Mini"dronini ishlab chiqdi. Turkiya quruqlikdagi qo'shinlari qo'mondonligi kompaniya bilan 19 ta dron tizimlarini sotib olish bo'yicha shartnoma tuzdi. 

"Baykar Makina" o'zining dronlarini xorijlik mijozlarga eksport qilishni boshlagan birinchi turk kompaniyasi bo'ldi. "Bayraktar Mini"ning birinchi xaridori Qatar edi. Shundan so'ng, kompaniya 2014 yilda "Bayraktar TB2", 2019 yilda "Bayraktar Akıncı" havo vositalarini taqdim etdi. Joriy yilning dekabr oyi o'rtalarida kompaniya uchuvchisiz qiruvchi samolyoti "Bayraktar Kızılelma" ilk parvozini muvaffaqiyatli tugatdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
31
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

04 Apr 16:20
 
50
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

20 Mar 12:50
 
52
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

18 Apr 11:08
 
44
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan