calendar 25 Dec 08:20
eye 30
comments 0
comments Manba: xs

Jamshid Xodjayev «Alyat» erkin iqtisodiy zonasi va “Boku xalqaro dengiz savdo porti” YAJ rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

image

Foto: Халқ сўзи

Joriy yilning 24-dekabr kuni Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev «Alyat» erkin iqtisodiy zonasi va “Boku xalqaro dengiz savdo porti” YAJ rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Muzokaralar chogʻida Ozarbayjon porti va EIZ resurslari va imkoniyatlaridan birgalikda foydalanish asosida sarmoyaviy, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Ozarbayjon «Alyat» EIZ boshqaruvi raisi Valeh Aleskerov bilan erkin iqtisodiy zonada oziq-ovqat, charm-poyabzal, toʻqimachilik va boshqa yuqori talabga va qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, MDH va boshqa qoʻshni davlatlar bozorlariga eksportni tashkil etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga urgʻu bergan holda sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

“Boku xalqaro dengiz savdo porti” YAJ bosh direktori Taleh Ziyadov bilan transport-logistika aloqalarini yanada kengaytirish, xususan, konteynerlar tashish va “Ro-Ro” usulida yuklarini dengiz portlari orqali yetkazish hajmini oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Tomonlar Xalqaro avtomobil transporti toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitim imzolanganini olqishladilar. Boku xalqaro dengiz savdo porti negizida oʻzbek omborlari va konteyner terminallarini ochish istiqbollari hamda yuklarni, jumladan, kundalik ehtiyojlar uchun zarur tovarlarni ikki davlat hududlari orqali oʻzaro tashish masalalarini muhokama qilish uchun Xalqaro avtomobil transporti boʻyicha Aralash komissiya yigʻilishini oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvlar yakunida muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish doirasida kelgusidagi hamkorlik formati kelishib olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
44
0
xs.uz

“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi

Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin

22 Mar 08:54
 
66
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y

16 Apr 09:12
 
46
0
xs.uz

Prezident Bobur shahrida oʻtkazilgan tantanali marosimda nutq soʻzladi

Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizda ko'klam nafasi kezib yurgan mana shunday fayzli kunlarda diydor ko'rishib turganimdan g'oyat mamnunman. Barchangizga o'zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.Hammangizga ma'lumki, inson qadrini ulug'lash, xalqimizning huquq va manfaatlarini ta'minlash, shu asosda odamlarni hayotdan rozi qilish ' Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadidir.Bugun jonajon Vatanimizning barcha viloyatlari, qishloq va ovullarida ana shu ulug' va