calendar 23 Dec 17:32
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir

Kusherboyevning hafsalasini pir qilgan majlis. Inoyatov nega uni gapirtirmadi?

image

22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2023 yil uchun mamlakatning eng muhim, dolzarb va yirik hujjati bo'lgan "2023 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti to'g'risida"gi qonun deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlanib yuborildi. Qizig'i, bu majlisda deputatlar qonundagi kamchiliklar haqida gapirish o'rniga Prezidentning Oliy Majlis palatalariga yo'llagan Murojaatnomasi haqida ko'proq gapirdi.

Shuningdek, ular kimnidir tug'ilgan kuni, bayrami bilan tabriklashga ulgurdi, lekin qonunni birinchi o'qishda yuzaga kelgan kamchiliklar va eʻtirozlar haqida hyech kim, hyech qanday izoh bildirmadi. 

Masalan O'zLiDeP fraktsiyasi aʻzosi, deputat Rasul Kusherboyev spiker o'rinbosari Ulug'bek Inoyatovdan qayta-qayta so'z so'rashiga qaramay, yig'ilishga raislik qilayotgan Inoyatov uning gapirishiga ruxsat bermadi. Shu sabali Kusherboyev yig'ilishdan chiqib ketgan.

 "To'g'risi, men birinchi o'qishda chiqib ketgan edim. Majlisni boshqarib boruvchi spiker o'rinbosari Ulug'bek Inoyatov ochiqchasiga so'z bermadi. Turib, zalda [hammaga] eshittirib so'z so'radim, ammo byudjyet bo'yicha menga so'z bermadi. Sababi byudjyet bilan tanishib chiqish uchun vaqt ham berilmadi, juda qisqa vaqt berildi. So'z berishmaganidan, fikr bildirish imkoniyati bo'lmaganidan keyin, bunaqa yig'ilishda nima qilaman, deb chiqib ketdim. Ikkinchi va uchinchi o'qishlarda Bo'ka tumanidagi bir masala bo'yicha ruxsat olib ketgan edim. To'g'risi o'zim ham kirishni xohlamadim. Sababi taklifni eshitishmasa, fikrni, erkinlikni xohlashmasa, unda nima foyda? Biror bir taklifim, fikrim inobatga olinishiga ishonch bo'lmagani uchun qanday xohlashsa, shunday o'tkazaverishsin dedim", deya Kusherboyev o'z fikrini bildirdi QALAMPIR.UZ’ga.

Shuningdek, u bu qonun byudjyet kodeksi talabiga ko'ra, 15 oktabr kunigacha deputatlarning qo'liga berilishi kerakligi, lekin atigi bir hafta oldin berilganiga ham o'z munosabat bildirdi.

"15 oktyabrda berishning o'zi qiyin. Chunki yilning oxiri, hali hisob-kitoblar to'liq chiqmagan bo'ladi. Uni ham tushunsa bo'ladi. Berilganida ham 7-10 kun tanishib olish hisobga olib vaqt berilishi kerak. Lekin, har yili shu takror bo'ladi. Yaʻni, juda qisqa vaqt berilgani uchun biz deputatlar qonunning ichiga kirishga ulgurmay qolamiz. Chunki byudjyet hajmi juda ham katta. Nimaga hukumat aʻzolari parlament deputatlariga doim bunaqa munosabat qilishadi, buni sira tushunmayman", dedi u.


O'zLiDePning yana bir deputati Doniyor G'aniyev ham "2023 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti to'g'risida"gi qonun muhokamasining 1-o'qishida "UzAutoMotors"ga berilayotgan imtiyoz – 225 mlrdlik subsidiya bo'yicha qattiq eʻtiroz bildirgan va Oliy Majlisda yaxshi maʻnoda "janjal" ham ko'targandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq deputat Rasul Kusherboyevning deputatlikdan ketayotgani, Doniyor G'aniyevning esa uning ketishini qo'llab-quvvatlamasligi haqida xabar qilgan edik.

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining boshqa aʻzolari, spiker Nurdinjon Ismoilov, Qo'mita raislari, spiker o'rinbosarlari, Kusherboyevga so'z bermagan Inoyatov va O'zLiDeP raisi Aktam Xaitov ham chuqur sukutda. Parlamentdan Kusherboyevning ketishiga va u qo'ygan masalalarga nisbatan munosabat bo'layotgani yo'q. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Apr 06:18
 
47
0
xs.uz

14-aprel kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'v

16 Apr 15:12
 
49
0
xs.uz

Andijondagi boʻsh yotgan barcha yer va binolar auksionga chiqariladi

Bu obyektlar qulay shart asosida sotilsa, tadbirkorlar loyiha qilib, ish oʻrni yaratadi.Masalan, Andijon shahri endokrinologiya markazidagi 20 sotix, yonidagi 1-son poliklinikaning 30 sotix boʻsh yeri auksionga chiqsa, tadbirkor 20 million dollarlik 600 oʻrinli xususiy tibbiyot markazi qurmoqchi. Yoki, Andijon tumani Oʻrikzor mahallasidagi taʼmirtalab 'Oʻquvchi yoshlar markazi' auksionga qoʻyilsa, bu yerga 35 million dollar investitsiya kiritib, jami 6 ming oʻrinli bogʻcha, maktab, texn

20 Mar 12:53
 
51
0
xs.uz

Qadriyatlarga hamohang ayyom

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30

23 Mar 16:43
 
59
0
xs.uz

Rossiyada barmoq izlari tekshiruvidan oʻtgan migrantlar patentsiz ishlashlari mumkin boʻladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin chet el fuqarolariga barmoq izlari, yuqumli kasalliklar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtgan boʻlsa, mamlakatda patentsiz ishlashga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda 'Kommersant' nashri.Xabarda aytilishicha, Rossiyada patentsiz ishlashni istagan chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar shaxsini aniqlash uchun IIVning hududiy organida barmoq izlari orqali identifikatsiyadan oʻtishlari shart boʻladi.Bundan tashqari, narkotik yoki psixo