calendar 23 Dec 12:31
eye 41
comments 0
comments Manba: qalampir

Olmaotada "qonli yanvar" voqealari qurbonlari xotirasiga yodgorlik ochildi

image
image

Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart To'qayev bugun, 23 dekabr kuni yanvar oyi boshida sodir bo'lgan tartibsizliklar qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

"Davlat rahbari Olmaota shahriga xizmat safari doirasida yanvar voqealari qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan Tag'zim yodgorlik majmuasini ochdi. Qosim-Jomart To'qayev stela poyiga gul qo'ydi. Yig'ilganlar qurbonlar xotirasini bir daqiqa sukut saqlash bilan yodga oldilar", deyiladi xabarda. 

Yodgorlik fojiali voqealar markazi bo'lgan joyda o'rnatildi. Bu ko'p bosqichli meʻmoriy majmua bo'lib, turli rangdagi to'rtta meʻmoriy zonalarga bo'lingan.  

"Och kulrang qism yengish bilan, qora qism yanvar voqealarini tartibsizlik va qo'rquv bilan namoyish etadi, kulrang qism qurbonlar va to'kilgan qonlar, insoniy yo'qotishlar ramzi, oq qismi barqarorlik va farovonlik istagi, Jamiyat kamoloti, millatning o'zligi, kuchli va adolatli davlatga ishonch ramzidir. Har bir zonada qozoq xalqining ko'zga ko'ringan vakillarining so'zlari yozilgan tosh va stelalar o'rnatilgan", deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Loyiha mualliflari qozog'istonlik yosh arxitektorlar Aleksey Ivjyenko va Gayni Sagidullayeva.

Qozog'istondagi namoyish

Qozog'istonda 2022 yilning birinchi kunlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi — mamlakat g'arbidagi Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki barobar oshishiga qarshi chiqdi. Keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga, jumladan, eski poytaxt va Respublikaning eng yirik shahri Olma-otaga ham tarqaldi: u yerda talonchilik boshlandi, namoyishchilar davlat muassasalariga hujum qilishdi, qurol-yarog'larni olib ketishdi. Bunga javoban rasmiylar 19 yanvarga qadar butun mamlakat bo'ylab favqulodda holat eʻlon qildi va aksilterror operatsiyasini boshladi. BMT maʻlumotlariga ko'ra, Qozog'istondagi namoyishlar chog'ida 1000 ga yaqin odam jarohatlangan. Mamlakat Bosh prokuraturasi maʻlumotlariga ko'ra, tartibsizliklar natijasida 4578 kishi jarohatlangan, 225 kishi halok bo'lgan, ulardan 19 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari.  

5 yanvar kuni ertalab Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart To'qayev hukumatni isteʻfoga chiqardi va Xavfsizlik kengashiga o'zini rahbar etib tayinladi. O'z rahbarligidagi Xavfsizlik kengashining birinchi yig'ilishida To'qayev Qozog'istondagi vaziyatni davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi deb baholadi va "terrorchilik tahdidini yengishda" KXShTdan yordam so'raganini aytdi. KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun Qozog'istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi.

7 yanvar kuni To'qayev terrorchilar, jumladan, xorijdan kelganlar ham qarshilik ko'rsatishda davom etayotganini aytib, qurolini tashlamaganlarni yo'q qilishga vaʻda berdi. Bundan tashqari, Prezident fuqarolarning tinch shaklda bildirilgan barcha talablari tinglanganini taʻkidladi. 

13 yanvar kuni KXShT missiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani eʻlon qilindi. 19 yanvar kuni Qozog'iston Mudofaa vazirligi Respublikada xorijlik harbiy xizmatchilar qolmaganini ochiqladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
41
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

18 Apr 11:08
 
26
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

23 Mar 16:44
 
73
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't