calendar 15 Dec 11:32
eye 31
comments 0
comments Manba: qalampir

Xiaomi birdaniga 3 ta yangi gadjyetni sotuvga chiqardi 

image
image

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 11 dekabr kuni 3 ta yangi gadjyet (Xiaomi Buds 4 quloqchini, Xiaomi Watч S2 smart soati,  Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlari)ni namoyish qilgan edi. Ushbu gadjyetlar kecha, 14 dekabrdan sotuvga chiqarildi. Bu haqda iXBT nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, har bir gadjyet yanada ko'proq qulayliklar yaratish maqsadida yangicha akssesuarlar bilan boyitilgan. Xususan, Xiaomi Buds 4 quloqchini ikkita dinamik va uchta mikrofon bilan jihozlangan bo'lib, ularning ishlash muddati 30 mA/s sig'imga ega  batareyalar tufayli 6 soatga yetadi. 480 mA/s sig'imga ega akkumulyatorli quvvatlash qutisi esa quloqchinlarni qayta quvvatlantirmasdan 30 soatgacha ishlatish imkonini beradi.

Shuningdek, ikki variantda ishlab chiqarilgan Xiaomi Watч S2 smart soatlari ham AMOLED ekran bilan jihozlangan. U 100 dan ortiq sport mashqlari, yurak urish tezligi, stress darajasi, uyqu sifati va davomiyligini kuzatish imkonini beruvchi dasturiy taminotga ega. Shuningdek, smart soatda NFC, GPS va Bluetooth tizimlari ham bor. Smart soat yordamida tana harorati va tarkibini o'lchash ham mumkin. Oddiy rejimda smart soatning ishlash muddati 42 mm hajmdagi kichik versiyada 7 kunni, 46 mm hajmdagi katta versiyada esa 12 kunni tashkil etadi.

Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlariga keladigan bo'lsak, ular 3,2 optik "zoom" va 70 gibrid masshtabli Leica telefotolinzasi bilan jihozlangan. Telefonlarda 120 Vt simli, 50 Vt simsiz va 10 Vt teskari simsiz quvvatni qo'llab-quvvatlaydigan 4820 mA/s sig'imli batareya mavjud. Shuningdek, smartfonlar IP68 darajasiga ega va Android 13 asosidagi MIUI 14 operatsion tizimida ishlaydi.

Narxi qancha?

Gadjyetlar narxi ham ancha qimmat. Masalan, Xiaomi  Buds 4 quloqchini 100 dollar atrofida baholanmoqda. Xiaomi Watч S2 smart soati esa kechik versiyaniki 143 dollar, katta versiya 170 dollar atrofida baholangan. Smartfonlar narxi ularning xotirasi kattaligiga qarab o'sib boradi. Yaʻni:

•  8/128 GB hajmli Xiaomi 13 – 575 dollar; 

•  8/256GB hajmli Xiaomi 13 – 620 dollar;

•  12/256GB hajmli Xiaomi 13 – 660 dollar;

•  12/512GB hajmli Xiaomi 13 – 720 dollarga baholangan.

Xiaomi 13 Pro smartfonlari ham shu tartibda:

•  8/128 GB – 720 dollar;

•  8/256GB – 775 dollar;

•  12/256GB – 835 dollar; 

•  12/512GB – 905 dollarga baholangan.

Maʻlumot uchun, bu gadjyetlar hozirda faqat Xitoydagina sotuvga chiqarilgan. Kompaniya rahbari Ley Jun ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida dunyo bo'ylab yangi mahsulotlar savdosi tez orada boshlanishini aytgan. Ammo aniq sana haligacha ochiqlanmagan.

Alibek Beyjanov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
34
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

11 Apr 13:57
 
38
0
qalampir.uz

Ilon Maskning kompaniyasi AQSH razvedkasi uchun josuslik tarmog‘ini yaratmoqda

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini qurmoqda. Bu haqda kecha, 16 mart kuni manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSH Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolagan 1,8 milliard dollarlik shartnomaga asosan Starshield (foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlab beruvchi bo‘lim) tarmoqni

07 Mar 20:08
 
43
0
qalampir.uz

Xitoylik olimlar Ilon Maskni ortda qoldirdi

Xitoyning Tsinghua universitetida falaj bo‘lgan odamning harakatini tiklashga yordam beruvchi miya chipi ishlab chiqildi. Bu haqda “South China morning post” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, ushbu simsiz miya-kompyuter interfeysi bemorga protez qo‘l bilan narsalarni ushlash imkonini beradi. Qurilma o‘tgan yilning oktyabr oyida falajlikni boshidan o‘tkazgan bemorni reabilitatsiya qilishda ishlatildi hamda sezilarli yutuqlar qayd etildi. Universitetning tadqiqot gu

11 Apr 13:57
 
47
0
qalampir.uz

Maskning miya chipi o‘rnatilgan falaj bemor kompyuter sichqonchasini boshqardi

Amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatish tajribalarida ilk bor muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, kompaniyaning neurochipi o‘rnatilgan birinchi bemor shunchaki fikrlash orqali kompyuter sichqonchasini boshqara olgan.  “Tajriba yaxshi o‘tyapti. Bemor yomon asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi. Hozirda u shunchaki o‘ylash orqali sichqonch