calendar 05 Dec 12:32
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir

Messi Jahon chempionatining ikki asosiy favoritini aytdi

image
image

Argentina terma jamoasining yulduzi Lionel Messi Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida o'zi favorit deb bilgan jamoalar nomini aytdi. Bu haqda "Ole" nashri xabar berdi.

"Braziliya terma jamoasining Kamerun bilan uchrashuvida 0:1 hisobidagi mag'lubiyatini inobatga olmasak, mundialda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Bu jamoani chempionlik uchun asosiy daʻvogarlardan biri deb bilaman. Frantsiya terma jamoasi esa taktik mahoratga ega jamoa. Ular maydonda to'pni juda yaxshi nazorat qiladi", deya fikr bildirgan 35 yoshli hujumchi.

Maʻlumot o'rnida, Argentina JCh-2022 1/8 finalida Avstraliyani 2:1 hisobida mag'lub etib, chorak finalga chikdi. 9 dekabr sanasida terma jamoa Niderlandiya bilan to'qnash keladi.

Mushtariy G'aniyeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
41
0
xs.uz

“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi

Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida

13 May 14:39
 
146
0
xs.uz

Taekvondo WT: Sultonbek Nabiyev — chempion!

Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Sultonbek Nabiyev 37 kilogrammgacha vazn toifasida kechgan bahslarda barcha raqibini mag'lub etib, jahon chempioni bo'ldi.Eslatib o'tamiz, iqtidorli hamyurtimiz final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.

31 May 08:50
 
32
0
xs.uz

Safina Sa’dullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi. Shuningdek, bugun ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan O'g'iloy Norboyeva yetti kurash dasturida 5461 ochko jamg'arib to'rtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.

31 May 08:50
 
110
0
xs.uz

Toshkentda golf bo‘yicha xalqaro turnir boshlanmoqda

Mazkur musobaqa avvallari Qozog'iston va Turkiyada o'tkazilgan bo'lib, bu gal unga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.Bu yilgi bahslarda O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Hindiston, Qirg'iziston va Rossiyadan 8 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi.