calendar 24 Nov 19:31
eye 29
comments 0
comments Manba: qalampir

Frantsuz kompaniyasi Toshkentdagi xonadonlarga "aqlli" suv hisoblagich o'rnatadi

image
image

Toshkent shahrining ichimlik suv taʻminotiga 218 mln yevrodan ko'p mablag' yo'naltiriladi. Bu haqda Prezidentning "Toshkent shahri ichimlik suv taʻminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida keltirilgan.

Qayd etilishicha, loyiha qiymati 218 mln yevroni tashkil etadi. Shundan 154,5 mln yevro Frantsiya g'aznachiligi va Evropa banklari, 64,3 mln yevro esa O'zbekiston tomonidan moliyalashtiriladi.

Loyihani amalga oshirishda kutilayotgan ko'rsatkichlar quyidagilar:

•  jismoniy shaxs bo'lgan isteʻmolchilarning barcha toifalari uchun ichimlik suv isteʻmolining nazorati va hisobini yuritish bo'yicha masofadan maʻlumot uzatuvchi 673 mingta "aqlli" suv hisoblagich o'rnatish;

•  ichimlik suv taʻminoti tizimida suv yo'qotishlarini 12 foizga kamaytirish;

•  ichimlik suvi taʻminoti va oqova suv taʻminoti bosh rejalarini ishlab chiqish.

Shuningdek, loyihani amalga oshirish doirasida hosil bo'ladigan qo'shimcha qiymat solig'i summasi xo'jalik yurituvchi subʻyektlar mablag'lari hisobidan to'lanadi.

To'langan qo'shimcha qiymat solig'i summasi xo'jalik yurituvchi subʻyektlarga respublika byudjyeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi.

Maʻlumot uchun, 2020 yilda Uy-joy qurilish vazirligi, shahar hokimiyati,"Toshkent shahar suv taʻminti" MChJ va Frantsiyaning "SUEZ International SAS" kompaniyasi o'rtasida "Toshkent shahri ichimlik suv taʻminoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish"loyihasi bo'yicha 7 yil davomida amal qiladigan birgalikda boshqarish to'g'risida shartnoma tuzilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
55
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

12 Apr 21:14
 
30
0
xs.uz

Ohangaronda 316,4 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, 'B.S.' MChJ rahbari X.X. 4-kichik tuman hududida joylashgan spirtli ichimliklar savdo doʻkonida noqonuniy ravishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulanib olgan.Mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 316,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydala

12 Apr 21:14
 
36
0
xs.uz

Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi

Oʻzbekistonda ilk bor tarixiy Samarqand shahri BMTning '2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish' mavzusida boʻlib oʻtadigan 'Davlat xizmati forumi ' 2025' nufuzli forumiga mezbonlik qiladi.Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga toʻplaydi.Mazkur forum joriy yilning 23-iyun sana

20 Mar 12:54
 
63
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig