calendar 20 Nov 12:31
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir

Surxondaryoda fermer xo'jalik rahbarlari o'rtasida janjal yuz berdi (video)

image
image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh fermer xo'jaliklari rahbarlari  va "Surxon Cotton Textile Cluster" MChJ xodimlari bilan o'zaro kelishmovchiliklar aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati maʻlumot berdi.

Joriy yilning 18 noyabr kuni Qiziriq tumanida "Surxon Cotton Textile Cluster" MChJ hamda "P.Turopov",shuningdek, yana boshqa 13 nafar fermer xo'jaliklari rahbarlari o'rtasida kelishmovchilik yuz bergan.

Qayd etilishicha, mazkur kelishmovchiliklar janjalga aylanib, voqea ishtirokchilari o'zlarini traktor tagiga tashlash, bir-biriga hamda o'zgalarning transport vositalariga shikast yetkazish kabi harakatlarni sodir etgan.

Chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib kelgan hududiy ichki ishlar organlari xodimlari jamoat tartibini tiklab, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan profilaktik suhbat o'tkazgan. 

Vazirlikka ko'ra, voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho beriladi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli nomaqbul fikrlarga barham berish uchun eslatib o'tamiz, ichki ishlar organlari xodimlari tadbirkorlarning yoki fermerlarning ish faoliyatiga aralashish huquqlari yo'q. Lekin maqsadidan qatʻiy nazar jamoat tartibini buzilishiga yo'l qo'yilmaydi", deyiladi IIV xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
51
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

20 Mar 12:53
 
52
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si

04 Apr 16:18
 
40
0
xs.uz

Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi

Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.

16 Apr 09:12
 
24
0
xs.uz

Prezident modernizatsiya qilinayotgan Andijon xalqaro aeroporti bilan tanishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 15-aprel kuni Andijon viloyatiga keldi.Hududdagi o'zgarishlar 'havo darvozasi'danoq ko'zga tashlanadi. Mamlakatimizda transport tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida Andijon xalqaro aeroporti ham modernizatsiya qilinmoqda.Tashrif chog'ida davlatimiz rahbariga shu haqda axborot berildi.Bu aeroport 1978-yilda qurilgan bo'lib, hozirgi talablarga mos kelmay qolgan edi