calendar 28 Oct 07:21
eye 98
comments 0
comments Manba: xs

Navoiyda mahkumlar Ombudsman vakili bilan uchrashishni soʻrashdi

image

Navoiy shahridagi 11-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazildi. Shu yilning 13-oktyabr sanasida oʻtkazilgan soʻrovnomada, “Siz qaysi tashkilot vakillarining koloniyaga kelib sayyor qabul oʻtkazishini xohlaysiz?” degan savolga mahkumlarning aksariyat qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlari borligini bildirishgan.

2022-yilning 24-oktyabr kuni soʻrov natijalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev 11-son JIEKga tashrif buyurdi. Shu kuni Ombudsmanning Navoiydagi mintaqaviy vakili, Beshinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshligʻi podpolkovnik I.A.Sherov va koloniya boshligʻi podpolkovnik A.L.Ashirovlar ishtirokida koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar bilan sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda 20 nafar mahkumlarning murojaatlari tinglanib har bir mahkumning mavjud boʻlgan muammolari oʻrganib chiqildi. Shulardan 1 nafar mahkumning murojaati joyida ijobiy hal yetildi, 9 ta murojaat ijroga qaratildi va 10 ta murojaat boʻyicha tushuntirish berildi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarni oʻrganish bilan birga mahkumlarga belgilangan ichki tartib-qoidalarga amal qilishlari, tartibbuzarliklar sodir etmasligi, taqiqlangan narsa buyumlardan foydalanmasligi, mehnatga vijdonan yondashishi, oʻz majburiyatlarini bajarilishi boʻyicha tavsiyalar va tushunchalar berildi.

Shundan soʻng mintaqaviy vakil muassasa oshxonasi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati va belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini har bir mahkumga tasdiqlangan meʼyorlar asosida berilishi, yotoqxonalar, omborxonalar, yuvinish xonalarining holati va tozaligi, mahkumlarga tibbiy xizmat koʻrsatilishi va dori-vositalarining taʼminoti darajasi bilan tanishdi.

Amalga oshirilgan tashrif yakuni boʻyicha muassasa maʼmuriyatiga tegishli tavsiyalar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
50
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi

Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et

14 Apr 06:18
 
40
0
xs.uz

Toshkentda BYD va “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida BYD va 'Lacetti' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt YHXB voqea yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida yuz bergan. Unda BYD hamda 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida 'Lacetti'ning 2 nafar yoʻlovchisi jabrlangan, ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.Hozirda holat yuzasidan Toshken

20 Mar 12:54
 
49
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak

12 Apr 21:14
 
27
0
xs.uz

Intellektual mulk sohasida yangi koʻkrak nishoni taʼsis qilinadi

Unga koʻra, koʻkrak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.Nishon bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.Taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik