calendar 25 Oct 13:20
eye 53
comments 0
comments Manba: xs

Yevropada koronavirusga chalinish holatlari qariyb ikki oyda uch baravar oshdi — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti

image

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa byurosi rahbari Xans Klyugening maʼlum qilishicha, “koʻhna qitʼa”da koronavirusga chalingan bemorlar soni sentyabr oyi boshidan shu kungacha uch baravar oshdi.

Ayniqsa, oktyabr oyining ikkinchi haftasida mintaqada epidemiologik vaziyat yanada yomonlashdi. Ushbu davrda dunyo boʻyicha roʻyxatga olingan bemorlarning qariyb 60 foizi va yangi oʻlim holatlarining 42 foizi Yevropada qayd etildi.

Soʻnggi tahlillarga koʻra, mintaqada pandemiya boshlangandan hozirgacha 260 million kishiga COVID-19 tashxisi qoʻyilgan. Ulardan 2,1 million nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumgan.

JSST vakilining qayd etishicha, ayni paytda gripp va koronavirus infeksiyalari parallel ravishda keng tarqalayotgani aholi, ayniqsa, keksalar, immuniteti zaif kishilar, homilador ayollar va chaqaloqlar salomatligini yanada kuchliroq himoya qilishni talab etadi. Buning eng samarali chorasi esa har ikki kasallikka qarshi emlanishdir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
24
0
xs.uz

Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi

Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi

04 Apr 16:20
 
45
0
xs.uz

AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.

20 Mar 12:55
 
80
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э