calendar 25 Sep 06:31
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir

Andijonda giyohvandlik moddalarini sotayotgan shaxslar qo'lga olindi

image
image

Andijon shahrida taqiqlangan dori vositalari va giyohvand moddalar sotayotgan bir necha shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Andijon viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo'limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Andijon shahar "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig'ini hududida o'tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu hududda taqiqlangan dori vositalarini sotayotgan bir nechta shaxslar aniqlangan.

Qayd etilishicha, Andijon shahrida yashovchi 1996 yilda tug'ilgan erkak fuqaro P.B.ning sumkasi ko'zdan kechirilganida, unda 50 dona "Tropikamid" kuchli taʻsir etuvchi dori vositalari topilgan. Shuningdek, Oltinko'l tumani fuqarosi 1984 yilda tug'ilgan X.D.ning yonida 280 dona "Regapen" kuchli taʻsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Andijon shahar fuqarosi 1992 yilda tug'ilgan N.U.ning yonidan 1 dona "Tropikamid" va 2 dona "Regapen" kuchli taʻsir etuvchi dori vositalari hamda Andijon shahrida yashovchi 1994 yilda tug'ilgan O.M.ning yonidan 0,4 gramm "gashish" giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Farangiz Salimova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
50
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi

Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et

14 Apr 06:18
 
40
0
xs.uz

Toshkentda BYD va “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida BYD va 'Lacetti' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt YHXB voqea yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida yuz bergan. Unda BYD hamda 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida 'Lacetti'ning 2 nafar yoʻlovchisi jabrlangan, ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.Hozirda holat yuzasidan Toshken

20 Mar 12:54
 
49
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak

12 Apr 21:14
 
27
0
xs.uz

Intellektual mulk sohasida yangi koʻkrak nishoni taʼsis qilinadi

Unga koʻra, koʻkrak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.Nishon bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.Taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik