Koʻrshapalaklarda odamlar uchun xavfli yangi koronavirus turi aniqlandi


Illyustrativ foto
AQSHning Vashington davlat universiteti olimlari yaqinda Rossiyadagi koʻrshapalaklarda topilgan virus “SARS-CoV-2”ga oʻxshashligini, ular odamlarni yuqishga qodirligini va mavjud koronavirus vaksinalariga chidamliligini aniqladilar.
Soʻnggi yillarda yuzlab koronaviruslar, asosan, Osiyodagi koʻrshapalaklarda topilgan. Ammo ularning aksariyati insonlarga yuqmaydi. “Khosta-1” va “Khosta-2” viruslari 2020-yilning oxirida Gʻarbiy Rossiyadagi koʻrshapalaklarda topilgan va dastlab odamlar uchun xavf tugʻdirmagan. Oʻrganishlar davomida “Khosta-1” haqiqatdan insonlarga xavf tugʻdirmasligi maʼlum boʻlgan.
“Khosta-2” sarbekoviruslar kichik toifasiga kiritilgan. Koronavirus pandemiyasini keltirib chiqargan “SARS-CoV-2” virusi ham aynan shu toifaga kiradi.
“Khosta-2”ning boshoq oqsillari “SARS-CoV-2”ga oʻxshaydi, shuning uchun u inson hujayralariga yuqishi mumkin. Bundan tashqari, virus “SARS-CoV-2” qarshi antitanachalarga ham chidamli. Xususan, “COVID-19”ga qarshi vaksina emlangan odamlarning immun tizimini ham buzishi mumkin.
Mutaxassislarning aytishicha, yangi virusda odamlarda sarbekoviruslarning patogenezida ishtirok etishi mumkin boʻlgan baʼzi genlar yoʻq. Bu biroz xavotirlarni pasaytirish mumkin. Biroq, “Khosta-2”ning “SARS-CoV-2” yoki boshqa viruslar bilan rekombinatsiyasi xavfi mavjud. Bu odamdan odamga yuqadigan yanada xavfli virusning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu kashfiyot nafaqat maʼlum boʻlgan “SARS-CoV-2” variantlaridan, balki umuman sarbekoviruslardan himoya qilish uchun universal vaksinalarni ishlab chiqish zarurligini koʻrsatmoqda.
Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan 'Pul pervogo' Telegram kanali xabar tarqatdi.Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan
Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'
Germaniya vakili vashingtonliklar bilan nimalarni gaplashdi?
Vazir Vashingtonga amaliy tashrif bilan borib, AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvning asosiy mavzusi prezident Donald Tramp 9-iyuldan boshlab joriy etishni rejalashtirayotgan Yevropa tovarlariga 50 foizlik bojlar haqida boʻldi. Vadeful bu choralardan voz kechishni talab qilgan.'Biz yangi tarif toʻsiqlarini xohlamaymiz, barqaror hamkorlik va ishonch koʻpriklarini qurishga intilamiz. Bu Atlantika okeanining har ikki tomonida farovonlikni saqlash va iqtisodiy
Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi
Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.