calendar 05 Sep 12:21
eye 34
comments 0
comments Manba: xs

DXX jami 95 kg boʻlgan giyohvandlik moddalarini musodara qildi

image

Foto: Illustrativ foto

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Jumladan, Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida “Matiz” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 2 nafar xorijiy fuqaroga tegishli 23 kg. 52 gr. “opiy” va 30 kg. 122 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu giyohvand moddalar afgʻonistonlik narkokurerlar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan mamlakatimizga oʻtkazilgan.

Boshqa bir holatda esa muqaddam xorijda ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun qamoq jazosini oʻtagan, Denov tumanida yashovchi, 1966-y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina Termiz shahrida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. Natijada, unda ham afgʻonistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilgan 39 kg. 520 gr. “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻldi.

Uchinchi holatda esa Denov shahrida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan, 1967-y.t. shaxs oʻzining yashash xonadonida 2 kg. 396 gr. “opiy” moddasini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi hamda oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 25 kg. 448 gr. “opiy” va 69 kg. 642 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
378
0
xs.uz

Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi

Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani

18 Apr 11:07
 
26
0
xs.uz

Endilikda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladi

Unga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi. Shuningdek, 'Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida'gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057

21 Apr 08:34
 
26
0
xs.uz

Prezident raisligida iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.O'zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi. Oqilona tashqi siyosat va qulay investitsiyaviy muhit natijasida tadbirkorlarimizga yangi bozorlar ochilmoqda, mahsulotlar turi ko'paymoqda.Garvard universitetining tahliliga ko'ra, oxirgi besh yilda 'iqtisodiy murakk

15 Apr 07:05
 
26
0
xs.uz

O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi

Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis