Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sunʻiy intellekt bo'yicha maslahat kengashi tashkil etildi

Maslahat kengashi Sunʻiy intellekt bo'yicha milliy strategiyamizni rivojlantirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish jarayonida jamoatchilik fikrini o'rganishi ko'zda tutilgan. Unga vazir maslahatchisi Bobur Rahimov boshchilik qilmoqda.
Kengash doirasida sunʻiy intellektdan foydalangan holda amaliy tajribalar o'tkazish va ularni imkon qadar qisqa vaqt ichida mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etish uchun tadqiqotchilarni kompaniyalar bilan birlashtiradigan ishchi guruhlar tuziladi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa Kengashining faxriy raisi hisoblanadi.
Kengash ishida xususiy sektor, ilmiy va ekspert doiralari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari, taniqli jamoat arboblari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.
Mazkur kengashning faoliyatiga qiziqish bildirganlar uzaicouncil@gmail.com elektron pochtasi yoki https://instagram.com/aicounci... instagram sahifasi orqali o'z takliflarini yozib qoldirishlari mumkin, deyiladi Innovatsion rivojlanish vazirligi xabarida.
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion
Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan
Yevro kursida keskin koʻtarilish, dollar va rubl ham biroz “qimirladi”
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'11,95 soʻmga'oshdi va'12 980,33 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'436,37 soʻmga'koʻtarilib,'14 779,40 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,14 soʻmga'oshdi va'154,51 soʻmni'tashkil qildi.
BO‘RI QUTURSA, O‘Z QAVMIGA CHOPAR
Sharof Rashidov tumanining Bobur Mirzo nomli mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sh.A. pul uchun har qanday qabihlikdan toymaydiganlar toifasidan. Jumladan, ora-sira Turkiya va Rossiyaga «tirikchilik» vaji bilan chiqib turadigan ushbu shaxs Moskvada bir muddat ijtimoiy tarmoq orqali narkotik va psixotrop moddalar savdosi hamda ushbu vositalarni «mijoz»larga yetkazish bilan shug‘ullandi.Bu ham yetmaganidek, u odamfurushlik ortidan pul topmoq tashvishiga tushib qoldi. Chunonchi,