calendar 18 Aug 19:20
eye 72
comments 0
comments Manba: xs

Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

image

Joriy yilning 18-avgust kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) raisligi doirasida SHHTga aʼzo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining toʻrtinchi Kengashi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston tomoni raisligida oʻtgan kengashda SHHTga aʼzo davlatlarning ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirliklari rahbariyati va vakillari, shuningdek, SHHTning doimiy organlari ishtirok etdi. Tashkilot huzuridagi kuzatuvchi-davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, INTERPOL, MDHga aʼzo davlatlar hududida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish Byurosi, MDH aʼzo davlatlarning terrorizmga qarshi kurashish markazi vakillari yurtimiz mehmoni sifatida tashrif buyurishdi.

Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan kengash davomida delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, hamkorlikni yanada rivojlantirish, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish masalalari borasida oʻzaro fikr almashdilar. Shuningdek, SHHTga aʼzo davlatlarning saʼy-harakatlarini birlashtirish zarurligi toʻgʻrisida yuqori darajadagi oʻzaro kelishuvga erishildi.

Xalqaro maydonda oʻsib borayotgan beqarorlik va notinchlikni hisobga olgan holda, ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirliklari yoʻnalishi boʻyicha SHHT doirasida hamkorlikni yanada faollashtirish masalasi ham kengashning kun tartibidan oʻrin oldi.

Terrorizm, ekstremizm va separatizm, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi kabi jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, SHHT makonida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash ustuvor va dolzarb hisoblanishi qayd etildi. Vazirlar bir ovozdan “Shanxay ruhi” tamoyillariga muvofiq transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ochiq muloqot va amaliy hamkorlik muhimligini taʼkidlab oʻtdilar.

Tomonlar SHHTga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish zarurligini qayd etib, (Toshkent sh., 2010-yilning 11-iyuni), ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirliklarining oʻzaro hamkorligi orqali SHHTning kelishuv-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratdilar.

Tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining SHHTga aʼzo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining toʻrtinchi Kengashiga puxta tayyorgarlik koʻrilganligini va yuqori tashkilotchilik darajasida oʻtganligini eʼtirof etishdi.

Tadbir soʻngida Kengash bayonnomasi imzolandi.

Umuman olganda, yigʻilish ishchanlik va konstruktiv ruhda, doʻstlik, oʻzaro ishonch muhitida oʻtgani, davlatlar oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
34
0
xs.uz

Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma

22 Mar 08:54
 
63
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y

22 Mar 08:54
 
53
0
xs.uz

Turkiyadagi oʻzbekistonliklardan mitinglar va provokatsion fikrlardan uzoqroq boʻlish soʻraldi

Turkiyada shu kunlarda boʻlayotgan turli norozilik namoyishlari va ommaviy yigʻilishlar sababli Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni'ehtiyotkorlikka chaqirdi.Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda 'provokatsion postlar' joylashtirgan 261 kishini aniqlagani va 37 kishini hibsga olgan.'Sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz', deyiladi konsulxona bayonotida.Xavfsizlikn

21 Apr 08:33
 
23
0
xs.uz

21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro