calendar 16 Aug 11:31
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir

Gulnora Karimovaning aktivlarini qaytarish bo'yicha O'zbekiston-Shveytsariya bitimi imzolandi

image
image

Bugun, 16 avgust kuni Bern shahrida O'zbekiston va Shveytsariya o'rtasida "O'zbekiston Respublikasi va Shveytsariya Konfederatsiyasi o'rtasidagi Shveytsariya Konfederatsiyasi hududida konfiskatsiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O'zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarida qaytarish yo'llari to'g'risida"gi bitim imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Bitimni O'zbekiston Respublikasi nomidan adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Shveytsariya nomidan ushbu mamlakatning Prezidenti Inyatsio Kassis imzoladi.

Bitimni imzolash marosimida, shuningdek BMT vakillari, xususan BMTning Ko'p-sheriklik trast jamg'armasi ofisi ijrochi koordinatori J. Topping ishtirok etdi.

Bitimning imzolanishi ilgari O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh tomonidan noqonuniy ravishda orttirilgan va Shveytsariyada legallashtirilgan 131 mln AQSh dollarining Shveytsariya tomonidan O'zbekiston xalqiga darhol qaytarilishini anglatadi.

Bitim noqonuniy orrtirilgan taqriban 131 mln AQSh dollariga (taqriban 1,4 trln so'm) teng aktivlarni O'zbekistonga qaytarishni, noqonuniy orttirilgan aktivlarni qaytarishning asosiy printsiplari, mexanizm va maqsadlarini belgilaydi.

Bitimga muvofiq, noqonuniy orttirilgan aktivlarni qaytarishning quyidagi asosiy printsiplari belgilanmoqda:

•    ochiqlik va oshkoralik, restitutsiya to'g'risidagi axborotni jamoatchilikka ochiq eʻlon qilish;

•    ushbu jarayonda fuqarolik jamiyatining ishtiroki;

•    qaytarilgan mablag'larni pirovardida ijtimoiy sohaga, xususan, taʻlim va sog'liqni saqlash sohalariga yo'naltirilishi;

•    O'zbekiston va Shveytsariya o'rtasida restitutsiya masalalari bo'yicha doimiy, samarali va o'zaro hurmatga asoslangan muloqotning davom ettirilishi.

O'zbekiston, Shveytsariya va BMT ishtirokidagi uch tomonlama restitutsiya mexanizmiga alohida eʻtibor beriladi. Restitutsiya BMTning Ko'p-sheriklik trast jamg'armalari tizimiga kiruvchi "Uzbekistan Vision 2030" ko'p-sheriklik trast jamg'armasi orqali amalga oshiriladi.

Jamg'arma tegishli funktsiya va vakolatlarga ega bo'lgan quyidagi maʻmuriy-tashkiliy tuzilmaga ega:

Yuqori darajadagi strategik qo'mita (O'zbekiston va Shveytsariyadan bir nafardan yuqori martabali vakil) – jamg'arma faoliyati bo'yicha strategik qarorlar qabul qiladi.

Boshqaruv qo'mitasi (O'zbekiston, Shveytsariya va BMTdan bir nafardan vakil) – jamg'armaning operatsion faoliyati, shu jumladan loyihalarni ko'rib chiqish va tasdiqlash bo'yicha to'liq konsensus asosida qarorlar qabul qiladi.

Bundan tashqari, tashkiliy tuzilma tarkibiga jamg'arma faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi va o'z faoliyatini jamoatchilik asosida va ish haqisiz amalga oshiradigan O'zbekiston va Shveytsariya fuqarolik jamiyati vakillaridan hamda xalqaro nohukumat tashkilotlaridan iborat Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi ham kiradi.

Boshqaruv qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan loyihalar BMTning O'zbekistondagi tegishli idoralari tomonidan O'zbekiston tomoni bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan loyihalar haqidagi barcha maʻlumotlar ochiq eʻlon qilinadi va keng jamoatchilikka taqdim etiladi.

"Bunday tizim korruptsiya va boshqa xavflarni minimallashtiradi, shuningdek mablag'larni sarflashda shaffoflik va hisobdorlikni taʻminlaydi", deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Gulnora Karimova Shveytsariya sudida korruptsiya jinoyati bo'yicha yutib chiqqani va shu orqali mamlakat banklarida muzlatilgan 293 mln frank (303 mln dollar) ni qaytarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

So'nggi maʻlumotlarga ko'ra, Gulnora Karimova Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-sonli jazoni o'tash koloniyasida saqlanmoqda. U koloniyaga 2019 yilning 14 mart kuni olib kelingan va 7-otryadning 2-sektoriga (umumiy rejimdagi) joylashtirilgan.

2020 yilning 18 mart kuni jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida Gulnora Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma aʻzolariga nisbatan jinoyat ishini ko'rib chiqish bo'yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʻlon qilindi. 

O'tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilar, guvohlar, jabrlanuvchilar ko'rsatmalari tinglandi, dalillar tekshirildi va sudlanuvchilar himoyachilarining vajlari muhokama qilindi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to'liq o'rganib, sudlanuvchi Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o'zlashtirish va rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sud hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmui bo'yicha jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblash belgilandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
65
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard

17 May 21:46
 
57
0
xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi

04 Jun 02:44
 
36
0
xs.uz

4-iyun kuni ob-havo qanday boʻladi?

'Oʻzgidromet' 4-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda

01 Jun 03:47
 
121
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so