calendar 29 Jul 13:31
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekiston Hindistondan olti turdagi mahsulotni import qilishga ruxsat berdi

image
image

O'zbekiston Hindistondan olti nomdagi mahsulot, jumladan banan, mango, soya va guruch import qiladi hamda hind bozoriga uzum, olma, olxo'ri va gilos yetkazib berishi mumkin. Bu haqda O'zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 28 iyul kuni O'zbekiston hukumati delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo'jayev ushbu mamlakat Qishloq xo'jaligi va fermerlar farovonligi vaziri Narendra Singx bilan muzokaralar o'tkazgan.

Uchrashuvda ikki mamlakat so'nggi bir necha yil ichida agrar sektorda savdoni diversifikatsiya qilishga muvaffaq bo'lgani, ammo hali ham foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligi taʻkidlangan.

Tomonlar mahalliy qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining ikki mamlakat bozorlariga o'zaro kirib borishi uchun qo'shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish orqali tovar ayirboshlash hajmini oshirish zarurligi xususida yakdil fikrga kelgan. 

"O'zbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini, shu jumladan banan, mango, soya va guruchni import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi. O'z navbatida, Hindiston tomoni uzum, anor, olma, xurmo, qalampir, pomidor, bodom va tarvuz kabi o'zbek agrosanoat mahsulotlariga ruxsat berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda", deyiladi xabarda.

Muzokaralarda ayrim qishloq xo'jaligi kompaniyalarining investitsiya rejalari bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Jumladan, hozirgi vaqtda Hindistonning "Indo Organics" kompaniyasi to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hisobiga Namangan viloyatida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yo'lga qo'ymoqchi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
50
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

23 Mar 16:44
 
62
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.

23 Mar 16:43
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekistonning 9 viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi

Kelayotgan hafta davomida Oʻzbekistonning 9 ta viloyati hududida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda 'Oʻzgidromet' agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 23-27-mart kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.Quyidagi hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin:'Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvch

20 Mar 12:53
 
51
0
xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo