calendar 25 Jul 20:20
eye 119
comments 0
comments Manba: xs

2025-yilga borib Xitoyda aholi qisqarishi bashorat qilinmoqda

image

Foto: Reuters

Xitoy 2025-yilga borib demografik muammolarning yomonlashuvi tufayli aholining qisqarishiga duch keladi. Bu haqda “Global Times” xabar bermoqda.

Xitoy Sogʻliqni saqlash milliy komissiyasining Aholi va oila masalalari boʻlimi boshligʻi Yan Venchjuanning aytishicha, hukumat yaqin besh yil ichida aholi sonining qisqarishini bashorat qilmoqda. 2021-yilda Xitoyning ayrim provinsiyalarida yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni bir necha oʻn yilliklardagi eng past koʻrsatkich boʻldi.

Masalan, mamlakat markazidagi Xunan provinsiyasida 60 yil ichida birinchi marta 500 mingdan, Xenan provinsiyasida 1978-yildan beri birinchi marta 800 mingdan, sharqiy Szyansi provinsiyasida esa 1950-yillardan beri birinchi marta yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni 400 ming kam boʻldi.

“Bu uzoq vaqt davomida past tugʻilishning muqarrar natijasidir”, deydi Xitoy va globallashuv markazining katta ilmiy xodimi, demografiya boʻyicha ekspert Xuan Venchjen. Uning qoʻshimcha qilishicha, bu tendensiya bir asrdan koʻproq vaqt davomida hukmron boʻladi.

Demografik inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga tahdid solmoqda. 16 yoshdan 59 yoshgacha boʻlgan mehnatga layoqatli aholi soni 2020-yilda 890 ming kishiga kamaygan. Agar tugʻilish pasayishda davom etsa, Xitoyda mehnat bozorida tanqislik yuzaga keladi.

1979-yildan 2015-yilgacha Xitoy hukumati bir oila, bir bola demografik siyosatini olib bordi. 2016-yil boshidan buyon mamlakat fuqarolariga ikki farzand koʻrishga ruxsat berildi. 

Endi rasmiylar tugʻilishning pasayishini sekinlashtirish uchun tobora faolroq choralar koʻrmoqda. Joriy yilning aprel oyida Xitoy Xalq banki aholining qarishi sharoitida fuqarolarni farzand koʻrishga chaqirgan edi. 2021-yil may oyida oilalarga uchta farzand koʻrishga ruxsat berildi. Vaholanki, 2016-yildan boshlab ota-onalar oilada ikkitadan koʻp farzand koʻrsalar jarima toʻlashga majbur edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
130
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga

04 Jun 02:45
 
27
0
xs.uz

Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa

31 May 08:50
 
26
0
xs.uz

Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi

Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan

21 Apr 08:34
 
1118
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo