Xususiy notarial faoliyatni boshlash uchun malaka imtihonini topshirish boʻyicha ariza my.gov.uz orqali beriladi


Hukumat qarori (369-son, 07.07.2022-y.) bilan Xususiy notarial faoliyat boʻyicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglament malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilish va imtihonni tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali komissiya tomonidan koʻrsatiladi.
Talabgor 25 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta boʻlmasligi, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan notarial idorada kamida 1 yil stajirovka oʻtagan boʻlishi shart.
Sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan shaxslar stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining boshqaruv xodimi (notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlmagan) yoki advokat sifatida kamida 3 yil ishlagan, biroq vakolati tugatilgan vaqtdan boshlab 5 yil oʻtmagan shaxslar 6 oy stajirovka oʻtaydi.
Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:
— muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
— qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
— notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs – 3 yil mobaynida.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun BHMning yarim baravari (150 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Komissiya 20 ish kuni ichida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.
Malaka imtihoni talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangan kundan boshlab 5 kundan soʻng, lekin 15 kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)
Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari
Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishida masofadan ishtirok etish tartibi yangilanadi
Bu nizom aksiyadorlik jamiyatlari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar uchun moʻljallangan boʻlib, raqamli imkoniyatlar orqali ishtirokni yanada osonlashtirishga qaratilgan.Nizomda jamiyatlar tomonidan yigʻilish haqidagi xabarda masofaviy ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar keltirilishi shartligi belgilangan. Jumladan, yigʻilishda foydalaniladigan onlayn platforma nomi, unga kirish havolasi, identifikatsiyadan oʻtish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar