Joriy yil yakuniga qadar 35 nafar professor-oʻqituvchi Litvada malaka oshiradi


Foto: Edu.uz
Shu kunlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda oliy taʼlim muassasalari mas’ullaridan iborat delegatsiya Vilnyus shahrida bo‘lib turibdi. Bugun ular Jahon bankining “Oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tashkil etilgan oʻquv seminarida ishtirok etishdi.
Uchrashuvlar davomida:
2022-yil yakuniga qadar Andijon mashinasozlik instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Fargʻona politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat texnika universitetidan jami 35 nafar professor-oʻqituvchini akademik mobillik dasturi doirasida Litvada malaka oshirishini tashkil etish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Litvaning oliy taʼlim sohasidagi 10 ga yaqin malakali mutaxassisini mamlakatimizga taklif qilish orqali joriy yil davomida 28 ta davlat oliy taʼlim muassasasidan 200 nafar mutaxassisni taʼlim sifatini taʼminlashdagi yangicha yondashuvlarga oʻqitish va sohadagi Yevropa tajribasini Oʻzbekistonda qoʻllash boʻyicha muzokoralar olib borildi. Bu boradagi ishlarni Jahon banki koʻmagida amalga oshirishga kelishildi.
Shuningdek, Litvaning Vitautas Magnus universiteti bilan hamkorlikda yangi oʻquv yilidan Buxoro davlat universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida bioiqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirilishi belgilandi;
Gediminas nomidagi Vilnyus texnika universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti bilan “muqobil energiya”, Andijon mashinasozlik instituti hamda Vilnyus universiteti bilan “yashil iqtisodiyot” yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi;
Gediminas nomidagi Vilnyus texnika universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi;
Erasmus+ grant loyihasi doirasida (319 ming yevro) Oʻzbekistonda mexatronika taʼlim yoʻnalishining Yevropa standarti asosida oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish, oʻqitish materiallari va vositalarini tayyorlash, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va Oʻzbekiston mexatronika jamiyatini tashkil etishga kelishib olindi;
Litvaning Mikolas Romeris universiteti bilan hamkorlikda Toshkent davlat yuridik universitetida 2022-2023-oʻquv yilidan xalqaro huquq mutaxassisligi boʻyicha magistratura qoʻshma taʼlim dasturini joriy qilishga erishildi.
Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi
Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped
Qadriyatlarga hamohang ayyom
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30
Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi
2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si