O'tgan oy eng issiq iyunlardan biri bo'ldi: Iyul oyida ob-havo qanday bo'ladi?

"O'zgidromet" xabariga ko'ra, 27-28 iyun kunlari shimolda va cho'l hududlarda, 29 iyunda mamlakatning katta qismida issiq maksimal darajaga yetdi. Ushbu kunlarda termometr ustuni kun ikkinchi yarmida 40-42 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho'l hududlarda 44-46 daraja issiqqacha ko'tarildi. Qizilqumning ayrim hududlarida havo harorati 47 darajaga yetdi, bu meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori iyun oyi qiymatlariga yaqinlashdi.
Xorazm viloyati, Qoraqalpog'iston, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari ayrim tumanlarida iyun oyi uchun maksimal havo harorati bo'yicha yangi rekordlar o'rnatildi.
30 iyunda respublika hududi katta qismida harorat biroz pasayishi boshlandi va u 1 iyul kunida ham davom etadi. 2-3 iyul kunlari hudud katta qismida harorat yana 40-41 daraja issiqqacha ko'tariladi. Janub eng chekka qismida ushbu kunlarda harorat 42-45 daraja issiq oralig'ida bo'ladi.
Keyingi kunlarda nisbatan salqin havo kutilmoqda. 3 iyulda shimoliy hududlarda, 4-5 iyul kunlari O'zbekiston barcha hududlari bo'yicha havo harorati yoz fasli uchun 30-33 daraja issiq bo'lgan qulay qiymatlargacha pasayadi, so'ng bir necha kun davomida 34-37 daraja issiq, janubda 38-40 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.
Iyul oyi ikkinchi va uchinchi o'n kunliklarida harorat asosan 35-38 daraja issiq atrofida bo'lishi, ayrim kunlari baʻzi joylarda 40-42 daraja issiqqacha ko'tarilishi kutilmoqda.
Iyul oyida yomg'ir yog'ish ehtimoli kam, faqat tog'oldi va tog'li hududlarda baʻzi joylarda 2-4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg'ir yog'ishi mumkin.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi
2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi