Para yengil atletika: hamyurtlarimiz Gran-Prida 6 ta medal qoʻlga kiritishdi


Para yengil atletika boʻyicha Tunis mezbonlik qilgan xalqaro Gran-Prining soʻnggi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Jumladan, erkaklar oʻrtasida F37 klassida yadro uloqtirish bahslarida ikki nafar hamyurtimiz — Muhammad Rixsimov hamda Qudratullo Maʼrufxoʻjayev sovrindorlar safidan joy oldi.
Rixsimov 13,86 metr natija bilan kumush medalga ega chiqqan boʻlsa, 12,87 metr natija qayd etgan Maʼrufxoʻjayev bronza medaliga sazovor boʻldi. Ayollar oʻrtasida F13/46 klassida nayza uloqtirish bahslarida esa Shaxinaxon Yigitaliyeva 32,20 metr natija bilan 3-oʻrinni band etdi va terma jamoamiz hisobiga bronza medalini yozdirib qoʻydi.
Shu tariqa para yengil atletika terma jamoamiz Tunis Gran-Prisini 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 6 ta medal bilan yakunladi.
Кучлар яшил майдонда синалди
Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.
KUBOK KUCHLILARGA NASIB ETDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlari harbiy xizmatchilari o'rtasida futbol bo'yicha “Qo'shin kubogi” musobaqasi o'tkazildi.Navoiy shahridagi “Kimyogar” o'yingohida tashkil etilgan mazkur bahslarda 9 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib borishdi.Qizg'in va murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, 7536-harbiy qism jamoasi shohsupaning yuqori pog'onasidan joy olib, kubok sohibiga aylangan bo'lsa, keyingi o'rinlar 7533 va 7534-harbiy qism futbolchilariga nasib etdi.G'o
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Boks afsonasi 76 yoshda vafot etdi
Boks olamidagi afsona, Olimpiada chempioni va jahon rekordchisi Jorj Forman 76 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Uning vafoti 2025-yil 21-mart kuni yaqinlari ishtirokida roʻy bergani oila aʼzolari tomonidan maʼlum qilindi. Rasmiy bayonotda uning oʻlimi qarilik bilan bogʻlanmoqda. 'Qalbimiz chirparchin. Jorj oddiy, sevimli oila boshligʻi, buyuk inson edi', deyiladi Formanlar oilasi murojaatida.Jorj Formanning sportdagi yoʻli buyuk muvaffaqiyatlarga boy. U 1968-yil Mexikoda oʻtgan Olimpiya oʻ