Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar sogʻliqni saqlash vazirlarining beshinchi yigʻilishi boshlandi


Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar sogʻliqni saqlash vazirlarining beshinchi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi raisligida ham oflayn, ham onlayn formatda oʻtkazilmoqda.

Yigʻilish avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev va SHHT Bosh kotibi Chjan Min soʻzga chiqib, qatnashchilarni bugungi nufuzli tadbirdagi ishtiroki bilan qutladi.

Shuningdek, yigʻilishda Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari M.Shoranov, Hindiston sogʻliqni saqlash va oila farovonligi vaziri oʻrinbosari Radjesh Bxushan, Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi rahbari Ma Syaovey, Qirgʻiz Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi J.Kasimbekov, Pokiston Islom Respublikasi Milliy sogʻliqni saqlash xizmatlari, tartibga solish va muvofiqlashtirish vazirligining maxsus kotibi Iftixor Ali Shalvoniy soʻzga chiqdi.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi sogʻliqni saqlash vaziri M.Murashko, Tojikiston sogʻliqni saqlash vaziri J.Abdullozoda oʻz chiqishlarida tashkilot oldida sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish vazifasi turganini taʼkidlab, buning uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.




AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp
Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi
Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i
AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi
Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka
Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo