calendar 13 May 19:11
eye 49
comments 0
comments Manba: daryo

Prezident bilan bir kun: Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifining ilk kuni qanday o‘tdi?

image

Samarqand, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo — bu 2022-yilning boshidan may oyining 12 sanasiga qadar prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgan viloyatlar edi. Davlat rahbari 12-may, payshanba kuni erta tongdan Farg‘ona tomon yo‘l oldi. Safar davomida borilishi rejalashtirilgan joylar ko‘p va xilma-xil edi. Prezident tashrifning ilk kunidayoq qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, to‘qimachilik tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Xo‘sh, Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifining birinchi kuni qanday o‘tdi? “Daryo” muxbirlari voqea joyidan reportaj tayyorladi.

Kollaj: “Daryo”

12-may, soat 9:00. Prezident faoliyatini yaqindan yoritib boruvchi jurnalistlar guruhi davlat rahbari borishi rejalashtirilgan manzil — Furqat tumani, “Qo‘qonboy” mahallasidagi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasiga yetib bordik.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Keng hovlida joylashgan so‘rilar oldidan o‘tib, ko‘zimiz o‘ymakor naqshlarga tushdi. Bizga ma’lum qilishlaricha, bu yerda milliy hunarmandchilik yo‘nalishida yog‘och o‘ymakorligi maktabi ham tashkil etilgan ekan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, e’tiborimizni tortgan asosiy buyum — hashamatli ayvon so‘ri bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu ayvon so‘ri kamida 70 million so‘mga baholanar ekan. Prezident tashrif buyurgan usta Muhammadalining maktabida aynan shunday ishlar qilinmoqda. Qilinayotgan ishlar yarim yoki bir yilda emas, kamida 4-5 yilda bunyod bo‘ladi. Ushbu jarayonlarni ko‘rib, bilganimiz bizga bir so‘zni aytishga undadi — sabr.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusovning ta’kidlashicha, ushbu korxonaga uyushmagan yoshlar ko‘proq jalb etiladi. “Shularni ish bilan band qilyapmiz, ishga yondoshtiryapmiz. Ular kelgan kundan daromadga kiradi, pulini oladi. Ustaxonamizning hisobidan shularga oyligini chiqarib beramiz. 1-2 yil davomida ishlasa, oyligini oshirib olishi mumkin”, — deydi usta.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Boriladigan obyektlar ko‘p, vaqt esa kam. Davlat rahbari ushbu korxonadan chiqib, navbatdagi manzilga yo‘l oldi. Biz esa prezident borishi rejalashtirilgan boshqa manzilga borib, ushbu obyekt haqida ma’lumotlar to‘plab turdik.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident Buvayda tumanidan so‘ng Uchko‘prikka keldi, bu galgi manzil — “Boboshbek” mahallasidagi “Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va logistika markazi” edi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumot uchun, mazkur hududda 2 gektar maydonda 2 ta logistika markazi tashabbuskorlari tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 876 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Eksport hajmi 18,5 million dollarni tashkil etadi. Yiliga budjetga 106,5 milliard so‘m mablag‘ tushadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari sexlarda faoliyat olib borvyotgan xotin-qizlar bilan ham muloqot qildi. “Har bitta yo‘nalishimiz ertangi kunga zamin yaratadi. Tasavvur qilinglar, bir yildan so‘ng mahsulotlaringizni bozori chaqqan bo‘ladi. Sifat o‘zgaradi, talab o‘zgaradi, bozori ham bo‘ladi. Tayyor bozorga chiqib sotish mumkin bo‘ladi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari shu yerning o‘zida hokim yordamchilari bilan ham suhbatda bo‘lib, davlat xizmatchilari o‘zgarishi kerakligi, o‘zgarmaydigan odamlarga joy yo‘qligini aytdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Hozir falonchining o‘g‘li, falonchining jiyani, degan gap yo‘q. Barchamiz xalq xizmatchisimiz. Yaxshi ishlagan odam o‘z o‘rnida ko‘proq qoladi, rag‘batlantiramiz. Yaxshi ishlamagan odamni esa lavozimida olib qolmaymiz. U xalq xizmatchisi bo‘lmasa, ishlamaydi”, — deydi davlat rahbari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev borishi reja qilingan navbatdagi manzillar hali ko‘p edi. Biz jurnalistlar guruhi davlat rahbarining har bir tashrifini kengroq yoritish maqsadida guruhlarga bo‘lingandik. Guruhimiz bilan birga Toshloq tumanidagi Agro Impex Valley MCHJ tomon yo‘l oldik.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Korxona egalarining aytishicha, bu yerlar haqiqiy toshloq joy bo‘lgan. Tadbirkorga berilgan imkoniyatlar sabab rejalar real voqelikka aylangan. Korxona rahbari Sherzod Botirovning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda 70 ta ish o‘rni yaratilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Biz bu ishlarimizning 90 foizdan ko‘prog‘ini eksport qila olamiz. 25 yillab tadbirkorlik qildik. Rosa qiynalgan kunlarimiz bo‘lgan. So‘nggi 5 yilda hech kim tekshirgani kelmadi, aksincha nima yordam deb kelishdi”, — deydi tadbirkor.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident 2020-yilda ishga tushirilgan, qiymati 100 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan korxona bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda “Amira tekstil” belgisi ostida tayyor kiyim–kechaklar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, yozgi poyabzallarning ustki qismi ham tayyorlanadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari shu yerda Toshloq tumanida ishlab chiqarilayotgan sanoat va hunarmandchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatidagi ilk kuni shu yerda yakunlandi.

Muallif:Og‘abek Samisov

Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
42
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

12 Apr 21:15
 
41
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p

15 Apr 07:06
 
47
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu