Amerikalik xonanda Britni Spirs uchinchi marta ona bo‘ladi

Xonanda Britni Spirs uchinchi marta ona bo‘ladi. Bu haqda qo‘shiqchi Instagram sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Peoplenews.
Foto: Pinterest
2021-yilning sentabr oyida estrada malikasi Britni Spirs 27 yoshli fitnes-trener Sem Asgariga turmushga chiqayotgani haqida xabar qilgan. Ko‘pchilik bunga ishonmadi, lekin qo‘shiqchi bilan besh yillik munosabatlardan so‘ng Sem unga turmush qurish taklifini bildirdi.
Britni bu quvonchli xabarni Instagram’da e’lon qildi. U homiladorligini tasodifan bilib qolgan. Avvaliga u o‘zining vaznini ortgan deb o‘ylagan. Shuningdek, odamlar e’tiborini kamroq tortish va homiladorlik suratlari bilan paparatssilarning pul ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun omma oldida ko‘rinmaslikka harakat qilishini aytib o‘tgan.
“Men Maui oroliga sayohatga borishimdan oldin juda ko‘p vazn yo‘qotdim, lekin yana semirdim. Qornimga nima bo‘lyapti, deb o‘yladim. Turmush o‘rtog‘im homiladormisan, deb so‘radi. Shundan keyin homiladorlik testidan foydalandim. Natijaga ko‘ra, men yana farzandli bo‘laman. To‘rt kundan keyin qornim yanada kattalashdi. Shuning uchun ham endi ko‘chaga ko‘p chiqmayman, chunki paparatssilar avvalgidek suratlarimdan pul ishlab olishadi”, — dedi Spirs.
40 yoshli mashhur xonandaning oldingi turmushidan ikkita o‘g‘li bor, ammo Britni ular bilan kamdan kam ko‘rishadi: ular otasi Kevin Federlayn bilan yashaydi.
Mavzuga doir:
- Xonanda Britni Spirs o‘zining memuar asarini nashr etadi va buning uchun unga 15 mln dollar to‘lashadi
- Nyu-Yorkda Britni Spirs yashagan pentxaus 7 mln dollarga sotuvga qo‘yildi (foto)
- Britni Spirs 40 yoshda: Oshpaz va o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan qizcha qanday qilib millionlab insonlarning sevimli xonandasiga aylandi?
БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ
Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да
СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ
Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла