calendar 10 Apr 18:11
eye 65
comments 0
comments Manba: daryo

Aktyor Uill Smit 10 yilga “Oskar” mukofoti marosimida ishtirok etishdan chetlatildi

image

Uill Smit “Oskar” marosimidagi boshlovchi Kris Rokka tushirgan tarsakisi uchun Amerika Kino akademiyasi shunday munosabat bildirdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Kino san’ati va fanlari akademiyasi aktyor Uill Smitni o‘z tadbirlarida, jumladan, “Oskar” mukofotini topshirish marosimidan 10 yilga chetlatdi.

Taqiq 2022-yil 8-apreldan kuchga kirdi. 2032-yilgacha aktyorga nafaqat AQSH Kino akademiyasining tadbirlariga kelishi taqiqlangan, balki tadbirlarda masofaviy ham ishtirok eta olmaydi. Ammo Uill Smit “Oskar”ga ehtimoliy nomzod va g‘oliblik huquqini saqlab qoladi.

Kino san’ati va fanlari akademiyasi direktorlar kengashi bu qarorga Smit boshlovchi Kris Rokka uning rafiqasi — aktrisa Jada Pinkett-Smitga qilgan noo‘rin hazili tufayli tushirgan tarsakisidan so‘ng keldi. Shuningdek, tashkilot Kris Rokdan uzr so‘radi va unga “xotirjamlikni saqlagani” uchun minnatdorlik bildirdi.

“Men akademiya qarorini qabul qilaman va hurmat qilaman”, — dedi Uill Smit. Aytgancha, u avvalroq Kris Rok va “Oskar”ning barcha tashkilotchilaridan uzr so‘ragan. Aktyor o‘zining xatti-harakati qabul qilib bo‘lmaydigan va kechirilmas deb tan olgan. Shuningdek, aktyor Kino san’ati va fanlari akademiyasidan iste’foga chiqqan.

Bundan tashqari, “Oskar”dagi janjaldan so‘ng Netflix va Apple Smit haqida biografik film suratga olishdan bosh tortdi. Netflix aktyor bilan jangovar film ustida ishlashni to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil Uill “Qirol Richard” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar”ni qo‘lga kiritgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
44
0
postda.uz

БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ

Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да

20 Mar 12:50
 
12
0
postda.uz

СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ

Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
25
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла