calendar 08 Apr 17:11
eye 49
comments 0
comments Manba: daryo

Yashash uchun kurashda nafaqat kuchlilar, balki ayyorlar ham yutishi mumkinligini isbotlovchi jonzotlar (foto)

image

Vijdonlilik, shubhasiz, ajoyib fazilat. Ammo bu narsa hayvonlar uchun emas. Jonzotlarning ko‘pchiligi o‘z istagiga yoki o‘ljasiga erishish uchun mohirlik bilan o‘zlarini niqoblaydi.

Sakkizoyoq boshqa dengiz jonzotlariga qaraganda ajoyib aktyorlik mahorati uchun kamida 15 ta “Oskar” yutishi mumkin.

Foto: AdMe

Xo‘jasavdogar boshqa qushlarni qo‘rqitish va ularning ozuqalarini olish uchun qirg‘iy ovoziga taqlid qiladi, degan nazariya mavjud.

Foto: AdMe

Iblisbaliq zulmatda o‘zini niqoblab oladi, chiroqsimon tayoqchasi yordamida mayda baliqlarni o‘ziga tortadi va ularni to‘g‘ri og‘ziga yuboradi.

Foto: AdMe

Yirtqichni ko‘rib qolgan suvilon fojiali tomosha ko‘rsatadi: qiyshayadi, o‘zini har yonga uradi, tilini osiltirib, yoqimsiz hid chiqaradi.

Foto: AdMe

Alligator uyalariga qurilish materiallari izlayotgan qushlarni aldash uchun shox-shabbalar bilan niqoblanadi.

Foto: AdMe

Meksika qalqontumshuq iloni shunchalik dangasaki, o‘ljasining o‘zi qurt shaklidagi dumini tishlashini kutib yotadi.

Foto: AdMe

Surbet qandala o‘lja qidirish va yirtqichlardan yashirinish uchun chumolilar terisini “kiyib oladi”.

Foto: AdMe

Ba’zi yirtqich qurtlar o‘ljasini g‘aflatda qoldirish uchun o‘zini novdadek ko‘rsatadi.

Foto: AdMe

Chittakning uyasi ko‘p qavatli: bitta eshik yirtqich uchun, ikkinchisi esa qoshish (maxfiy) uchun.

Foto: AdMe

Och qolgan sirtlon hayvonot bog‘i xodimining e’tiborini jalb qilish uchun odam kabi kulishi mumkin.

Foto: AdMe

Sharqiy kulrang olmaxon yong‘oqni ko‘mishdan oldin bir necha marta shunday harakat qiladi. Shunda o‘g‘rilar aslida ozuqa qayerga ko‘milganini bilolmay dog‘da qoladi.

Foto: AdMe

Tovus kambala ustidagi naqshini mukammal namoyish etishi uchun unga atigi 8 soniya kerak bo‘ladi.

Foto: AdMe

Tabiat qo‘ynida bo‘lganingizda haqiqiy barg kabi ko‘rinadigan va chayqaladigan hasharot mavjudligini unutmang.

Foto: AdMe


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
368
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha

21 Apr 08:34
 
365
0
xs.uz

Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

21 Apr 08:34
 
360
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi

Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom