Har qanday kishini hayratda qoldiradigan g‘aroyib tabiat hodisalari (foto)

Agar kerakli vaqtda va kerakli joyda bo‘lsangiz, shunday maxsus effektlarga guvoh bo‘lishingiz mumkinki, hech qanday Gollivud blokbasteri sizni hayratda qoldira olmaydi. Daniyadagi millionlab qora chug‘urchuqlar, okean qirg‘oqlarida porlovchi to‘lqinlar va Antarktidadagi zumradli aysberglarni ko‘rganingizda tabiat mo‘jizasidan lol qolasiz.
Qora quyosh
Foto; Wikimedia Commons
Bahor va kuzda Daniya botqoqlarida ko‘chmanchi qushlarning tunash uchun joy tanlashini kuzatish mumkin. Bunday “bulut” ichida yarim million qush bilan tanlov juda uzoq davom etishi ajablanarli emas. Bu hodisa botayotgan quyosh tom ma’noda butun osmonni to‘ldirgan chug‘urchuqlar tomonidan to‘sib qo‘ygani tufayli shunday nom olgan.
Halqali kamalak
Foto: Reddit
Aslida kamalak to‘liq doira shaklida bo‘ladi. Yerdan uning faqat bir qismini, ya’ni bizga tanish bo‘lgan yoyni ko‘ramiz. Agar balandroqqa chiqsangiz, butun kamalakni ko‘rish mumkin. Misol uchun, samolyotda uchayotgan bo‘lsangiz yoki tog‘ga chiqsangiz, halqali kamalakni bemalol tomosha qilishingiz mumkin.
Avliyo Elma olovi
Foto: Wikimedia Commons
O‘tkir shaklga ega bo‘lgan baland obyektlardan (machtalar, minora uchlari) paydo bo‘ladigan porlash qadim zamonlardan beri ma’lum. Ba’zi dengizchilar buni yaxshi belgi deb hisoblashgan — dengizchilarning homiysi bo‘lgan Avliyo Elma sharafiga bu hodisa shunday nom olgan. Momaqaldiroq paytida yer va bulutlar o‘rtasida kuchlanish sodir bo‘ladi va ochiq dengizdagi kemaning ustuni kabi balandlikdagi jismlar atrofida elektr maydoni hosil bo‘ladi va uning ionlari (zaryadlangan zarralari) porlay boshlaydi.
Nur taratuvchi suv o‘tlari
Foto: Reddit
Ba’zi organizmlar, jumladan, suv o‘tlari, tabiiy kimyoviy jarayonlar tufayli porlashi mumkin. Bu go‘zal tovlanishlar suv o‘tlari gullagan davrida kuzatiladi. Yagona shart — suv o‘tlari harakatlanishi kerak. Misol uchun, qirg‘oqqa uriladigan to‘lqin suv o‘tlarining porlashiga hissa qo‘shishi mumkin.
Sardinyalar migratsiyasi
Foto: Guardian News
Maydan iyulgacha Afrika janubidagi okean sardinyalar bilan to‘lib-toshadi. Migratsiya miqyosi shunchalik kattaki, baliqlarni samolyotdan ham bemalol ko‘rish mumkin. Ba’zida ularning uzunligi 7 kilometrdan ortiq, kengligi 1,5 kilometr va chuqurligi 30 metrgacha yetadi. Sardinyalar sayohat qilishi uchun 21 darajadan ortiq bo‘lmagan suv harorati kerak.
Muzli sunami
Foto: Wikimedia Commons
Suv omborlarida muz erishi paytida kuzatilishi mumkin bo‘lgan tomosha. Bunday sunami tezligi odatdagi suv sunamisidan ancha past, ammo bu hodisa ham zarar yetkazadi. Muz yo‘llarni vayron qiladi, transport harakatiga xalaqit beradi, chiroq ustunlarini sindiradi va hatto uylarni suv bosadi.
Loy vulqoni
Foto: Wikimedia Commons
Oddiy vulqonlardan farqli o‘laroq, loy vulqonlari otilayotganda lava hosil qilmaydi. Magmatik faollik paydo bo‘lishi ham shart emas. Asosan, bunday vulqonlar suv va siqilgan gazlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Yerosti suvlari mineral konlar bilan aralashib, yer yuzasiga ko‘tariladi. Bunday “lava”ning harorati 2 dan 100°C gacha o‘zgarib turadi, shuning uchun ba’zi vulqonlardan hatto loy hammomlari sifatida foydalaniladi.
Nefrit yoki zumrad aysberglar
Foto: East News
Odatda muzlash jarayonida havo pufakchalari aysberg ichida qoladi, ular orqali yorug‘lik tartibsiz sinadi, shuning hisobiga aysberg oppoq ko‘rinadi. Agar muz pufakchalarsiz juda zich bo‘lsa, u bizga yorqin ko‘k bo‘lib ko‘rinadi. Agarda muzlash paytida Antarktika muzliklariga xos bo‘lgan sariq chang ham suvga tushsa, muz zumrad rangida tovlanadi.
Mavzuga doir:
Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi
Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom
Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi
Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti