calendar 17 Mar 20:13
eye 50
comments 0
comments Manba: daryo

Samarqandda uch egizak qiz tug‘ildi. Ularga Fotima, Zuhra va Zulayho ismlari qo‘yildi

image

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani Shakartepa qishlog‘ida yashovchi Sultonbek Hasanov oilasida uch egizak qiz dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Qizlar Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasidagi tug‘uruqxonada dunyoga kelgan bo‘lib, egizaklarga Fotima, Zuhra va Zulayho ismlari qo‘yilgan.

Foto: Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining ma’lum qilishicha, hozirda chaqaloqlarning ahvoli yaxshi. Ular shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Foto: Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

“Egizaklar operatsiya (kesarcha kesish) yo‘li bilan dunyoga keldi. Ularning kattasi 2,2, keyingisi 2,1 va kichigi 1,8 kilogramm vazn bilan tug‘ildi”, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Bahrom Sultonov.

Foto: Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Navro‘z bayrami arafasida tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari egizaklar holidan xabar olib, bolalarga sovg‘a hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
46
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

16 Apr 15:12
 
45
0
xs.uz

Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi

16 Apr 09:12
 
41
0
xs.uz

“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi

Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac

15 Apr 07:06
 
36
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo