calendar 16 Mar 19:11
eye 51
comments 0
comments Manba: daryo

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni — suratlarda

image

Ukrainadagi urush yigirma kundan beri davom etmoqda. 15-mart kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari Kiyevga zarbalar berdi — snaryadlar Podolskiy va Svyatoshinskiy tumanlaridagi bir nechta turar joy binolariga tushdi. Shahar ma’muriyati uch kishi halok bo‘lgani va 30 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Mariupoldagi vaziyat hamon halokatli: shahar merining maslahatchisi Petr Andryushenkoga ko‘ra, qurbonlar soni 20 mingga yaqin bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga 15-mart kuni shahardan gumanitar yo‘lak orqali 20 ming kishi evakuatsiya qilingan. Meduza kunning asosiy fotosuratlarini taqdim qildi.

Kiyev osmonida Rossiya dronini urib tushirmoqchi bo‘lgan Ukraina havo mudofaasi o‘qlarining izlari.

Foto: Reuters

Kiyevning Podolskiy tumanidagi to‘qqiz qavatli turar joy binosiga snaryad kelib tushdi.

Foto: AFP

Kiyevda snaryaddan vayron bo‘lgan turar joy binosi yonida o‘t o‘chirish xodimi ayolni tinchlantirmoqa. Ukraina matbuotiga ko‘ra, Rossiya harbiylari Kiyevning Podolskiy va Svyatoshinskiy tumanlaridagi uchta ko‘p qavatli uyga hujum qilgan. Uch kishi halok bo‘lgan.

Foto: AFP

Bu Volodya — Kiyevdagi uyiga hujum qilinganda u qochishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Reuters

Kiyevdagi “Lukyanovskaya” metro bekati yaqiniga raketa hujumlaridan so‘ng ko‘ngillilar vayronalarni tozalashda yordam bermoqda.

Foto: LA Times

Nikolayev tug‘uruqxonasining podvalida ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘i bilan.

Foto: AFP

Ota-onalari tashlab ketgan chaqaloqlar. 3-sonli kasalxona. Mariupol

Foto: AP Photo

Ukraina harbiylari va ko‘ngillilar Mariupoldagi 3-sonli kasalxona o‘qqa tutilgan paytda yaradorlarga yordam bermoqda.

Foto: AP Photo

Nikolayevda yarador ukrainalik askarni quyoshdan himoya qilish uchun derazaga parda tutayotgan kasalxona xodimi.

Foto: Reuters

Lvovdagi cherkovda ukrainalik askarlarning dafn marosimini o‘tkazayotgan kursantlar.

Foto: AP Photo


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

12 Apr 21:15
 
41
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p

15 Apr 07:06
 
47
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu

12 Apr 21:15
 
44
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.