O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga fotosayohat

O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining 30 yilligi oldidan tashkil etilgan. Ushbu davlat organining tarixi va o‘tmishiga oid muzey dastlab 2009-yilda tashkil etilib, 2015-yilda undagi eksponatlar birmuncha boyitilgan. Biroq keyinroq mazkur muzey tugatilib, undagi eksponatlar yerto‘lalarda qoldirilgan. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning 2020-yil 27-yanvardagi farmoyishi bilan prokuratura organlarining ko‘p yillik tarixini aholi, yosh huquqshunoslar va xorijiy mehmonlarga haqqoniy, to‘laqonli yetkazish, fuqarolarda prokuratura organlarining mehnati tasavvurlarini yanada boyitish belgilandi. Farmoyish ijrosini ta’minlash yuzasidan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan muzeylar faoliyatiga doir 30 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar, respublikadagi qator muzeylar faoliyati o‘rganildi, ulardagi ekspozitsiyalar fotosuratga olindi. “Daryo” fotomuxbiri ushbu yangidan tashkil etilgan muzeyda bo‘lib, u yerdan fotolavhalar tayyorladi.
Tashkilotchilar muzeyni yaratishda uzoq yillar xizmat burchlarini halol va vijdonan bajargan, adolat va qonuniylik yo‘lida sharafli yo‘lni bosib o‘tgan prokuratura xodimlari faoliyatini yosh mutaxassislarga namuna qilib ko‘rsatish, tizimda fidokorona faoliyat olib borgan va xizmat burchini bajarish vaqtida vafot etgan hamkasblarimizning xotirasini abadiylashtirish asosiy maqsad qilib olinganini qayd etishdi.
Muzeyni yaratish, uning konsepsiyasini ishlab chiqish hamda ekspozitsiyasini yaratishda hududiy prokuraturalarning mas’ul xodimlari, tarixchilar, muzeyshunoslar, dizaynerlardan iborat guruh jalb qilingan. Xususan, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va uning tarkibidagi ilmiy va o‘quv muassasalarining tajribali muzeyshunos olimlarining tavsiyalari va maslahatlari olingan.
Muzeyning kirish qismida prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirilgan.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va ularga tenglashtirilgan prokurorlarga topshiriq yuborilib, unda prokuratura organlari tarixiga oid tegishli ashyo va eksponatlar, prokuraturalarda mavjud muzeylardagi ashyolarning ro‘yxati, fotosurat va videolavhalar jamlangan va elektron bazasi shakllantirilgan. “O‘zarxiv” agentligidagi prokuratura organlari faoliyati tarixiga oid bir necha jilddan iborat hujjatlar o‘rganilib, tegishli hujjatlar, fotosuratlar hamda tarixiy kinotasvir nusxalari olingan. Shu bilan birga, Qatag‘on qurbonlari xotirasi, O‘zbekiston tarixi muzeyi, Davlat bojxona qo‘mitasi muzeyi va boshqa bir qator muzeylarning konsepsiyalari tahlil etilgan.
Bevosita muzey zaliga kirishda tashrif buyuruvchilarni prokuratura xodimasining gologrammasi qarshi oladi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Muzey eksponatlarini jamlashda 10 mingdan ziyod arxiv materiallari, fotosuratlar, shu sohada faoliyat olib borgan shaxslarning shaxsiy buyumlari, turli davrlarga oid ashyolar saralanib olingan.
Muzeyda 36 ta asosiy ekspozitsiya stendlari joylashgan bo‘lib, ularda prokuratura tarixining eng qadimdan to bugungi kungacha bo‘lgan davri, tizimning barcha yo‘nalishlari faoliyatini namoyish etishga erishilgan.
Muzey jami 7 ta bo‘limdan iborat:
- O‘zbekiston davlatchiligi va huquqi tarixi.
- O‘zbekiston prokuratura organlari tarixi (Turkiston ASSR, O‘zbekistonning mustaqillikkacha bo‘lgan davri SSR prokuraturalari tarixi).
- O‘zbekistoning har bir viloyat prokuraturasi tarixi.
- “Xotira — muqaddas” (yuksak matonat va jasorat namunasi).
- O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari.
- Prokuratura organlarining xalqaro hamkorligi.
- Yangi O‘zbekiston prokuraturasi faoliyati
Shuningdek, muzeyda “Sharaf devori” ham tashkil etilgan bo‘lib, unda ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan xodimlar, baynalmilalchi jangchilar hamda xizmat vazifalarini bajarish davomida vafot etganlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Oliy darajali unvonga ega bo‘lganlar, davlat va idoraviy mukofot olgan yuksak e’tirof sohiblari, qolaversa, ilm-fan sohasida yutuqqa erishganlar hamda sport musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan iste’dod va ilm namoyondalari to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Muzey fondida 5 mingga yaqin hujjatlar 7 mingdan ortiq foto va videomateriallar, 2 mingga yaqin eksponatlar jamlangan.
700 kvadrat metr maydonda bunyod etilgan mazkur muzey kelgusida yanada kengayishi, eksponatlari soni oshib, boyib borishi rejalashtirilmoqda.
Foto
Viloyat prokuraturalari tarixidan
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda muzeylarning tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. Shuningdek, muzeylarni rivojlantirishning innovatsion va amaliy mexanizmini ishlab chiqish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, san’at va badiiy ijodni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jahon madaniyati maydonida mamlakatning nufuzini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrda “2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida muzeylar faoliyatini takomillashtirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi
Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran
Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi
Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom