Foto: Toshkentda rekonstruksiya qilinayotgan Alisher Navoiy shohko‘chasi yo‘lida ko‘rinib qolgan tramvay relslari

2022-yilda Toshkent shahridagi ko‘chalarni tartibga keltirish (ta’mirlash) rejasiga muvofiq, 14-fevral kuni Alisher Navoiy ko‘chasida ta’mirlash ishlari boshlangandi. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, ta’mirlash ishlari olib borilayotgan shohko‘chaning Abay ko‘chasi bilan kesishmasidagi yo‘lda tramvay yo‘li relslari chiqib kelgan.
Aftidan, relslar to‘liq olib tashlanmasdan, yo‘lni asfaltlash davomida shunchaki ko‘mib tashlangan.
Poytaxt hokimligi bergan xabarga ko‘ra, shohko‘cha tirbandliklarni kamaytirish, haydovchilar hamda piyodalarga qulaylik yaratish maqsadida rekonstruksiya qilinadi. Bunda Navoiy—Labzak ko‘chasidan Navoiy—Beruniy ko‘chalarigacha bo‘lgan oraliq butkul ta’mirlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — “Beshqayrag‘och” dahasi va Otchopar o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopilgan va shu tariqa Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yilgandi.
2022-yilning yanvar oxirlarida telejurnalist Xayrulla Nuriddinov “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida Toshkentga tramvay qatnovini qaytarish tarafdori ekanini aytib o‘tgan edi.
“Shahar transporti mavzusi ochilganligidan foydalanib, yana bir taklifni aytmoqchiman. Aholiga qulay va sifatli transport xizmatini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish maqsadida Toshkentga tramvaylarni qaytarish kerak, menimcha. Katta va gavjum shaharga tramvay juda asqatadi. Hammamizning esimizda-ku, o‘sha qulay, bejirim, bir tekisda yuradigan, muhimi, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan qadrdon tramvaylarimiz. Bilmadim, balki xato qilayotgandirman, lekin bu mening shaxsiy fikrim. Agar poytaxt mutasaddilarining o‘rnida bo‘lganimda, ana shu tashabbus bilan chiqqan bo‘lardim”, — degandi Xayrulla Nuriddinov.
Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Samarqand viloyatiga tashrifida “Tramvayni Toshkentga ham qaytarmoqchimiz. Fuqarolardan bu borada ko‘plab xatlar va murojaatlar kelyapti”, — deb qayd etgandi.
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres
Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi
AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi
Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres