O‘zbekistonda 2021-yilda oliy va professional ta’lim muassasalarida 16,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklar aniqlandi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Salohiddin Toshmatov ichki audit xizmati faoliyatining yillik natijalari sarhisobini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ichki audit xizmatlari tomonidan tizimdagi 479 ta ta’lim muassasasi, jumladan, 56 ta oliy ta’lim hamda 423 ta kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida moliyaviy faoliyatga doir monitoring va profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan. Natijada
- 49 ta oliy ta’lim muassasalarida 9,4 milliard so‘mlik,
- 253 ta professional ta’lim muassasalarida 7 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Jami 16,4 milliard so‘mning 11,4 milliard so‘mlik maqsadsiz va ortiqcha xarajatlarining oldi olingan. 2,3 milliard so‘mlik ortiqcha hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yana boshqa turdagi harajatlar keyingi oylarda hisob-kitob qilish uchun undiruvga qaratilgan.
2 ta oliy ta’lim hamda 10 ta kasbiy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan profilaktika tadbirlarida aniqlangan 2,7 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarda jinoyat alomatlari mavjudligi sababli o‘rganish materiallari rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuborilgan.
Yuqorida aytib o‘tilgan moliyaviy qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarning 161 nafariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. 46 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Mavzuga doir:
- Bandlik vazirligi jamg‘armasiga noto‘g‘ri va ortiqcha sarflangan salkam 407 mln so‘m mablag‘ qaytarildi
- Xalq ta’limi tizimida so‘nggi 11 oyda 27,5 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik va kamomad aniqlangan
- O‘zbekistonda 2021-yilning 9 oyida vazirliklar budjetdan qariyb 84 mlrd so‘m o‘zlashtirgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 3 barobar ko‘p
Prezident Andijonga investitsiya kiritmoqchi boʻlgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi
Bugungi yig'ilishda qayd etilganidek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo'lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1-yil davomida bepul servis xizmati ko'rsatiladi.Kecha Bobur shahrida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi e'lon qilingan edi. Ko'plab sarmoyadorlar
Endilikda 11,25 mln soʻmdan ortiq pul oʻtkazmalari uchun nazorat kuchaytiriladi
Yangi tartib bilan toʻlov xizmatlari va elektron pul tizimlari orqali amalga oshiriladigan yirik pul oʻtkazmalari shaxsiy maʼlumotlar bilan rasmiylashtiriladi.Hujjatga koʻra, toʻlov tashkilotlari jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi subyektlar elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda, BHMning 500 baravariga teng (187,5 million soʻm) yoki undan oshgan summada toʻlov tash
QUTURISH KASALLIGIGA QARSHI
Viloyat IIB JXX JTSB Karantin guruhi hamda veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Peshku tumanida maxsus-taktik o‘quv mashg’uloti o‘tkazildi. Mazkur o‘quv mashg’uloti quturish kasalligiga qarshi kurashda tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholini ogohlantirish va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.Shuningdek, mutaxassislar tomonidan quturish kasalligining old
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu