calendar 21 Jan 18:21
eye 20
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekistonda 22-yanvar kuni qor yogʻishi kutilmoqda

image

“Oʻzgidromet” 22-yanvar, juma kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin), tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-4° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq, shimolda va choʻl hududlarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-6° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:22
 
36
0
xs.uz

Andijonning “Eng namunali mahalla raisi” aniqlandi

Saminjon Husanov/'Xalq soʻzi'. 'Eng namunali mahalla raisi' koʻrik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tuman va shaharlar miqyosidagi tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar faoliyatiga doir shartlar boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish etishdi. Yakunda Xonobod shahridagi 'Yangi hayot' MFY raisi Azizaxon Abduqahhorova tanlov gʻolibi deb eʼlon qilindi.' Mahallamiz, nafaqat, Xonobod shahrida, balki viloyatda ham eng namunali manzillardan biri

11 Apr 14:00
 
44
0
xs.uz

Ramazon tuhfasi: Termizda yangi masjid ochildi

'Sulton Saodat' majmuasi hududida yangitdan barpo etilgan muhtasham jome masjidining yangi binosi ochildi.Marosimda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davron Maxsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Muhamadolim Muhamadsidiqov hamda boshqa diniy ulamolar, vohalik moʻmin musulmonlar ishtirok etdi.Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlugʻ kunlarda ulamolar, imom-xatiblar

23 Apr 03:35
 
23
0
xs.uz

Muftiy Janubiy Koreyadagi oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreya oʻrtasidagi chuqur tarixiy rishtalar, Sharq xalqlariga xos boʻlgan oʻxshash mentalitet, anʼanalar va maʼnaviy qadriyatlar oʻzaro chambarchas bogʻlab turadi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda ikki davlat rahbarlarining doʻstona aloqalari natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga koʻtarilib, har bir soha boʻyicha hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Jumladan, diniy-maʼrifiy hamkorlik yoʻnalishida sa

14 Mar 07:22
 
40
0
xs.uz

Tanzila Norboyeva BAA Gender tenglik kengashi vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Maʼlumki, keyingi yillarda Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi. Davlatimiz rahbarining ushbu davlatga rasmiy tashrifi ikki mamlakatning doʻstlik hamda sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi, keng qamrovli hamkorlikni kengaytirishga kuchli turtki berdi.Muloqot chogʻida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, xalqaro reytinglar, davlat boshqaruvi, shuningdek, xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish va ayollar tadbirkorl