O‘lchami bo‘yicha sotiladigan tuxumlar, kayfiyat ulashuvchi chiqindi konteynerlari. Faqat Ispaniyada uchratish mumkin bo‘lgan g‘aroyib holatlar (foto)

Ispaniyada choy uchun suv mikroto‘lqinli pechda isitiladi, chunki uylarda choynak yo‘q va mahalliy aholi ko‘proq qahvani afzal ko‘radi. Tonggi soat 7 da mazali churro issiq shokolad bilan iste’mol qilinadi. Shuningdek, kechki ovqat uchun paela buyurtma qilinmaydi, chunki ular bu taomni faqat tushlik uchun tanovul qiladi. Ha, bularning barchasi o‘zining rang-barang an’analariga ega bo‘lgan Ispaniyadir, u yerda hayot boshqa mamlakatlar odatidan juda farq qiladi.
Do‘konlarda tuxumlar o‘lchami bilan sotiladi.
Foto: AdMe
Sut solingan qadoqlarda uning yog‘ tarkibini aniqlash uchun raqamlarni topib bo‘lmaydi, buning uchun faqat lug‘at bilan do‘konga borish kerak..
Foto: AdMe
Rus salati Ispaniyada mashhur bo‘lib, u tapas sifatida datsurxonga tortiladi.
Foto: AdMe
Do‘kon peshtaxtalarida erkaklar soch bo‘yog‘i ko‘p, lekin soqol uchun bo‘yoqni topish biroz qiyin.
Foto: AdMe
Ispanlar do‘konlardan bir vaqtning o‘zida ulgurji xarid qilishni yaxshi ko‘radi, masalan, bir o‘ramda 48 dona qog‘oz bor.
Foto: AdMe
Ispanlarning aravachali sumkalarga bo‘lgan muhabbati cheksiz. Do‘konlarda odatiy shkaflar o‘rniga qulfli bo‘lmalar o‘rnatiladi.
Foto: AdMe
Granisado va orchata ispanlarning sevimli ichimligidir.
Foto: AdMe
Issiqdan ham, sovuqdan ham saqlaydigan universal jalyuzilar.
Foto: AdMe
Faqat oq rang va marmar plitkalar.
Foto: AdMe
Ispaniyadagi barcha kvartiralar dizayni bo‘yicha shinam. Har doim devorlar an’anaviy oq rangda. Gilamlar esa bo‘lmaydi, uylar shunday qurilganki, quyosh nuri iloji boricha ichkarigacha tushadi.
Foto: AdMe
Manzarali kvartirani orzu qilganlar, shuni yodda tutishi kerakki, qishda kuchli shamol esadiki, uyda mo‘ynali kiyimda yurish kerak. Chunki odatda qirg‘oqdagi uylarda markaziy isitish tizimi bo‘lmaydi. Qish oylarida xonadonga qaraganda tashqarida havo issiqroq.
Foto: AdMe
G‘orga kirish yarim million yevro.
Foto: AdMe
1,5 metrli yostiq.
Foto: AdMe
Ushbu eshikni qulflashning keragi yo‘q.
Foto: AdMe
Kirlar umumiy ayvonda quritiladi.
Foto: AdMe
Televizor hech qachon divan oldidan olinmaydi.
Foto: AdMe
Ispancha “Mo‘jizalar maydoni”.
Foto: AdMe
Ispaniyada har qanday yoshda ham juft topish mumkin.
Foto: AdMe
Ispanlar yangilik yaratish uchun nafaqaga chiqadi.
Foto: AdMe
Bog‘larda oilaviy dam olish uchun hamma sharoit mavjud.
Foto: AdMe
Apelsinlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri daraxtdan uzib yeyish mumkin.
Foto: AdMe
Odamlarga nafaqat ispan quyoshi, balki chiqindi qutilari ham yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.
Foto: AdMe
Mahalliy aholidan oddiy layfxak. E’lon yomg‘irda ho‘l bo‘lmasligi uchun fayl ichiga kiritilgan.
Foto: AdMe
Agar mamlakat bo‘ylab avtobusda sayohat qilishni istovchilar bo‘lsa, u holda deraza yonidagi 15-o‘rindiqda o‘tirish tavsiya etiladi.
Foto: AdMe
Yangi yil uchun bunday sovg‘ani faqat o‘ziga xos hazil tuyg‘usiga ega ispanlargina 1,5 yevroga berishlari mumkin.
Foto: AdMe
Mavzuga doir:
- Turkiya sayyohlarni nimasi bilan o‘ziga jalb etishini aks ettiruvchi suratlar
- Janubiy Koreya har bir sayyohda unutilmas taassurotlar qoldirishini isbotlovchi suratlar
- Misrda piramida, plyaj va mehmonxonalardan qiziqarliroq narsalar ham borligini isbotlovchi suratlar
- Yevropadagi eng katta palma bog‘i, antiqa zinapoya, qoya ichidagi shahar: O‘z sirlarini faqatgina sinchkov sayyohlargagina ochuvchi Ispaniyaga sayohat (foto)
Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi
AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi
Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э