calendar 16 Nov 05:23
eye 49
comments 0
comments Manba: xs

Shaxmat: “Prezident kubogi” xalqaro turnirida kimlar peshqadamlik qilishmoqda?

image

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida start olgan shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirda 6-tur oʻyinlari ortda qoldi. Ushbu musobaqada dunyoning 9 ta davlatidan jami 104 nafar mohir shaxmatchilar dona surishmoqda.

“Prezident kubogi” xalqaro turnirida 27 nafar grossmeyster, 16 nafar xalqaro master, koʻplab FIDE ustasi hamda sport ustalari ishtirok etishmoqdaki, bu musobaqaning nufuzi yuqori ekanligini anglatadi.

6-tur oʻyinlaridan keyin musobaqada 4 nafar peshqadam ajralib chiqdi. Eʼtiborli jihati, ulardan ikki nafari hamyurtlarimizdir. Jumladan, Shamsiddin Vohidov oq donalarda ukrainalik Aleksandr Moisenko ustidan gʻalabaga erishdi va oʻz ochkolari sonini 5 taga yetkazib, peshqadamlar safidan joy oldi. Nodirbek Yoqubboyev esa qora donalarda boshqa bir ukrain shaxmatchisi Vitaliy Sivukni magʻlub etdi va u ham 5 ochko bilan peshqadamlar kvartetiga qoʻshildi.

Rossiyalik xalqaro grossmeyster Sanan Syugirov esa 6-turda AQSH sharafini himoya qilayotgan shaxmatchi Timur Gareyevni dogʻda qoldirib, qoʻshimcha koeffitsiyentlarga koʻra peshqadamlikni oʻz qoʻliga oldi. Shuningdek, ukrainalik Vitaliy Bernadskiy ham 6-turda amerikalik Xans Niyemann ustidan gʻalabaga qozonib, oʻz ochkolari sonini 5 taga yetkazib oldi.

Hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov rossiyalik Maksim Matlakov bilan durangga erishgan boʻlsa, hamyurtlarimiz orasida eng yuqori reytingga ega shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov FIDE ustasi, hamyurtimiz Muhiddin Madaminovni dogʻda qoldirdi. Ushbu natijalardan keyin Sindarov va Abdusattorovlar hisobidagi ochkolar soni 4,5 taga yetdi va ular peshqadamlarni taʼqib etishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Prezident kubogi” xalqaro turnirining umumiy sovrin jamgʻarmasi 120 000 AQSH dollarini tashkil etadi va bu mamlakatimiz shaxmati tarixida eng yuqori sovrin jamgʻarmasiga ega turnir sifatida tarixga kirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:40
 
155
0
xs.uz

Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi

Oʻsha kuni Roʻziboyevga amerikalik Brayan Battle raqiblik qiladi. 30 yoshli Battle hozirgacha UFCʼda 8 ta jang oʻtkazgan boʻlib ularning 7 tasida gʻalaba qayd etgan, 1 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan. Shuningdek uning hisobida 1 ta NC (jang oʻtkazilmagan) natija ham bor.U soʻnggi jangini 2024-yil 7-dekabrda Rendi Braunga qarshi oʻtkazgan va hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.31 yoshli hamyurtimiz esa soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan 'UFC

31 May 08:50
 
33
0
xs.uz

Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b

31 May 08:50
 
32
0
xs.uz

“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi

Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid

31 May 08:50
 
100
0
xs.uz

Mamlakatimizda taekvondo WTF bo‘yicha 16-html5-dom-document-internal-entity1-quot-endBek Mun Jonghtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end an’anaviy xalqaro turniri start oldi

Turnir doirasida universitetga Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari, taekvondo assotsiatsiyasi hamda Janubiy Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.Mazkur xalqaro turnir doirasida universitet rektori Rashid Matkarimov va xorijiy mehmonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.Unda universitetlar o'rtasida taekvondo sportini rivojlantirish bo'yicha xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish va mustahkamlash hamda universitet hududida Koreya inv