Bloomberg: Pandemiya davrida to‘plangan neft zaxiralari tugab bitdi

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz oqibatida to‘plangan ortiqcha neft zaxiralari deyarli tugab bo‘ldi, deb xabar berdi Bloomberg.
Xalqaro energetika agentligining (XEA) ma’lumot berishicha, fevral oyi holatiga ko‘ra, omborlarda to‘plangan yoqilg‘i miqdori 20 foizdan ham kamroq qolgan edi. O‘shandan buyon mavjud yoqilg‘i hajmi yanada qisqardi, deb ta’kidladi Bloomberg.
XEAning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilning iyul oyida dunyo omborxonalariga eng yuqori darajada — 249 million barrel neft to‘planib, 2015—2019-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan oshgan edi. 2021-yilning fevral oyida esa ularning miqdori 57 million barrelgacha kamaydi.
Neftga bo‘lgan talabning qayta tiklanishi va narxining ko‘tarilishi sababli yoqilg‘i iste’molining darajasi o‘sdi. ICE London birjasining ma’lumotlariga ko‘ra, Brent nefti 16-aprel kuni savdolarni 66,7 dollar bilan yakunladi. Shu o‘rinda, Bloomberg’ning qayd etishicha, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (Organization of Petroleum Exporting Countries, OPEC) ishlab chiqarish cheklovlarini ehtiyotkorlik bilan yumshatish orqali omborlarning bo‘shatilishini qo‘llab-quvvatladi.
Tabiiy resurslar bozori tadqiqotining rahbari Ed Morzening so‘zlariga ko‘ra, pandemiya davrida to‘plangan neft zaxiralari qoldiqlarining deyarli barchasi Xitoyda joylashgan. AQSh Energetika ma’lumotlari boshqarmasiga ko‘ra, AQSh omborlaridagi zaxiralar pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi kabi 1,28 milliard barrelgacha qisqarib, deyarli tugadi. O‘tgan haftada AQShning sharqiy sohillaridagi zaxiralar oxirgi 30 yil ichidagi eng past darajagacha tushib ketdi, deb qo‘shimcha qildi agentlik.
Bundan tashqari, tankerlarga joylangan neft zaxiralari ham qisqarib bormoqda. IHS Markit tahlilchilari Yen Lin Song va Fotiosa Katsulasaning baholashicha, o‘tgan ikki hafta davomida ushbu zaxiralar 27 foizga qisqarib, 50,7 million barrelgacha kamaygan.
Citigroup’ning prognozlariga ko‘ra, neftga talabning ortishi bilan 2021-yilning yarmida ham zaxiralar kuniga 2,2 million barrelga qisqarishda davom etadi, buning natijasida Brent neftining narxi bir barreli uchun 74 dollargacha, hatto undan ham ko‘proqqa qimmatlashishi mumkin.
Avvalroq Xitoy 25 yil davomida barqaror neft ta’minoti evaziga Eron iqtisodiyotiga 400 milliard dollar investitsiya kiritishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro esa koronavirusga qarshi vaksina uchun neft bilan haq to‘lashni taklif qilgandi.
Shuningdek, Xitoydan Niderlandiyaga yo‘l olgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given Suvaysh kanaliga tiqilib qolishi oqibatida Brent neftining narxi 5,77 foizga o‘sib, bir barrel uchun 64,3 dollarni tashkil etdi.
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi
Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran
Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi
Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom
Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi
Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen